Özbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) qurilişi böyiça mahalliy jamoatçilik eşituvlari ötkaziladi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi («Özatom») direktori maslahatçisi Qosim Töxtaxunov Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlantiriş böyiça «Ostona – Moskva – Toşkent» videoköprigi çoğida ma’lum qildi.
«Referendum masalasiga kelsak... Konstitutsiyamizga köra, bu masalalar böyiça referendum ötkazişga hojat yöq, lekin biz tabiiy ravişda joylarda jamoatçilik muhokamalarini ötkazamiz», — dedi u.
Yangi Özbekistonni quriş jarayonida mamlakat «jahon mehnat taqsimotining xomaşyo qöşimçasi» bölib qoliş niyatida emas, qöşimça qiymatli mahsulotlar yetkazib beriş uçun mahalliy xomaşyoni qayta işlaş rejalaştirilmoqda. Bunga misol qilib, qayta işlana boşlangan paxta hamda töqimaçilik va kalava xorijga sotilayotganini, buning natijasida valuta tuşumi 4 barobar oşgani, 100 ming iş örni yaratilgani ta’kidlandi.
Uran bilan ham şunday qiliş rejalaştirilgan. «Nega uranni qayta işlaş va qöşimça mahsulotlar oliş kerak emas? Prezidentimiz oldimizga ana şu vazifani qöydi. Şu bois atom energetikasi masalasi biz uçun özini oqladi va Özbekiston atom energetikasini – nafaqat yirik, balki kiçik modulli [atom elektr stansiyalari]ni ham işonç bilan rivojlantiradi, deb işonamiz», — dedi Qosim Töxtaxunov.
«Özatom» rahbari maslahatçisi bugungi kunda Özbekiston uçun kiçik modulli reaktorlar maqbulroq ekanini ta’kidladi.
«Ular ança moslaşuvçan, iş rejimi 120 foizni taşkil qiladi. Biz qayta tiklanadigan energiya, quyoş energiyasini juda kuçli, keng joriy etayotganimizni hisobga olsak, hisob-kitoblarimiz şuni körsatadiki, kiçik modullar energiya tizimining işlaş rejimiga juda muvaffaqiyatli, juda uyğun kirişi mumkin», dedi u.
Uning sözlariga köra, «Rosatom»ning boş pudratçi sifatida tanlanişi «sof pragmatik yondaşuv» bilan izohlanadi.
«Biz tahlil qildik: dunyoda nima sodir bölmoqda, qanday kompaniyalar işlayapti, ular qanday işlaydi. Va, tabiiyki, bizning tanlovimiz «Rosatom» foydasiga. Bu yerda sof texnik, sof pragmatik yondaşuv bor», — dedi «Özatom» vakili.
Media-köprik 26 iyun kuni bölib ötdi. Şu kuni Jizzax viloyatining Foriş tumanidagi Tuzkon köli yonida bölajak stansiya joylaşgan joyda atom elektr stansiyasini quriş böyiça şartnomani kuçga kiritiş tartibi töğrisida bayonnoma imzolandi. Stansiya infratuzilmasini yaratiş işlari kuzda boşlanadi.








