AQŞda prezidentlikka nomzodlar — Donald Tramp va Jo Bayden örtasidagi birinçi debat bölib ötdi. Tomoşabinlar va ekspertlar baholariga köra, amaldagi prezident unda muvaffaqiyatsizlikka uçradi va respublikaçilar nomzodi yaqqol ustunlikka erişdi. Tarafdorlari esa Bayden umuman saylovdagi iştirokini töxtatişi mumkinligini ham istisno etişmayapti. «Meduza» debatlarda aynan nimalar muhokama etilgani va bu saylovoldi poygasiga qanday ta’sir körsatişi haqida yozdi.

Trampning ştabidagilar birinçi debatdan oçiqçasiga xavfsirayotgandi. Uning safdoşlari oldindan CNN moderatorlarini tarafkaşlikda ayblab, Bayden çiqiş qilişidan oldin jismoniy holatini yaxşilaş uçun qandaydir dori-darmon qabul qilganini aytişdi.

Ammo ilk daqiqalardanoq bu xavotirlar örinsiz bölgani oydinlaşdi. Bayden sahnaga çiqişda yana önğaysiz ahvolda qoldi, moderatorlar bilan uning mikrofoni yoqilişidan oldinroq noqulay tarzda salomlaşdi, keyin esa savollarga juda past va böğiq ovozda javob bera boşladi va muntazam ravişda töxtalişlar qildi. Prezident bir neça marta duduqlandi, dovdiradi va öz fikrlarini aniq jamlay olmadi.

Bayden sönggi oylardagidan ança yomonroq holatda körindi. Uning atrofidagilar jurnalistlarga prezident debat arafasida şamollab qolganini aytişgan.

Justin Sullivan / Getty Images

Ammo Bayden bunday çiqişi bilan 81 yoşli demokrat mamlakat prezidenti böliş uçun juda qarilik qiladi deb hisoblovçi köplab saylovçilarning xavotirlarini faqat mustahkamladi. Debatni fokus-guruh iştirokçisi sifatida kuzatgan ikkilanuvçi saylovçilar prezidentning holatidan qattiq xavotirga tuşişmoqda. Debatni Sakramentoda Demokratik partiya tarafdori bölgan 40 kişi davrasida kuzatgan The New York Times jurnalisti «[kuzatiş vaqtida] kayfiyat kiçik vahimadan dahşatli umidsizlikka aylangani»ni yozgan.

Yana bir ajablanarli holat şu böldiki, bir yarim soatlik debat davomida Tramp faqat bir marta, uning navbatdagi mujmal gaplariga javob beriş asnosida Baydenning holatiga munosabat bildirdi: «Bu jumla oxirida u nima deganini tuşunmadim. Uning özi ham tuşunmagan bölsa kerak!»

Ular aynan nimalarni muhokama qilişdi?