“Özgidromet” Özbekistonda iyul oyida kuzatilişi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida xabar berdi.
Sinoptiklarning progonozlariga köra, bu yil iyul oyi qulay şaroitlardan boşlanadi. 1-3 iyul kunlari havo harorati +31...+36 daraja atrofida, janubda +38...+40 darajagaça böladi.
Iyul oyi harorat tartibi böyiça me’yorga yaqin bölişi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati +35...+40 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda +40...+43 daraja böladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan +2...+3 darajaga yuqori bölişi mumkin.
Özbekiston hududining katta qismida örtaça +40 daraja va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni 2 kundan 5 kungaçani, şimolda 6-8 kunni, janubda va çöl hududlarda 12-15 kunni taşkil etadi. Sönggi yillarda bunday issiq kunlar sonining köpayişi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Sinoptiklarning qayd etişiça, harorat rekordlari va ularga yaqin qiymatlar juda kamdan kam hollarda faqat eng issiq iyul oylarida kuzatiladigan alohida holatlardir. Iyul oyida örtaça köp yillik davr uçun hududning katta qismida 1-2 kun, ba’zi joylarda 3-4 kungaça yomğir yoğişi kuzatiladi. Odatda, iyul yomğirlari mahalliy xususiyatga ega bölib, juda qisqa böladi.
Farğona vodiysi va respublikaning toğli hududlarida yomğir köproq – oyda örtaça 6-9 kungaça yoğadi. Bu hududlarda iyul oyida ham sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi kuzatiladi.








