Özbekiston 5 oyda qança meva va sabzovot eksport qilgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi xabariga köra, Özbekiston 2024 yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 420,1 mln dollarga teng bölgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu körsatkiç 2023 yilning mos davri bilan soliştirilganda 10,4 foizga yoki 68,3 ming tonnaga köpaygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 foiz), Pokiston (19,7 foiz), Qozoğiston (15,3 foiz) va Xitoy (7,8 foiz) davlatlari hissasiga töğri kelgan.
2024 yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti uluşi jami eksportning 3,9 foizini taşkil etgan.







