Özbekiston tarixida ğalla xirmoni ilk bor 9 million tonnadan oşdi. Bu haqda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi xabar berdi.
Bu yilgi mavsumda suvli maydonlarga ekilgan ğallazorlardan 2 mln 550 ming tonnadan ortiq yoki har gektar hisobiga 2,5 tonna buğdoy jamğarilib, davlat xaridi töliq amalga oşirilgan va birjalarda sotiş uçun omborlarda zaxira qilingan.
Joriy yil hosili uçun biologik eskirgan navlar örniga yangi serhosil va ob-havoning noqulay şaroitlariga çidamli kuzgi buğdoy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirilgan.
Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekiston ğallakorlari 8,1 mln tonnadan ziyod don yetiştirgandi. Suvli maydonlarda örtaça hosildorlik 70,5 sentnerni taşkil etgan.








