Özbekistonda soliq tölovçilar 5 oyda qança soliq imtiyozlaridan foydalangani ma’lum qilindi.
Soliq qömitasi xabariga köra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 122 862 ta taşkilot 10,6 trln söm miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Şu bilan birga:
2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar böyiça 7,9 trln sömdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oşirgan;
5 958 ta korxona 13 trln sömdan ziyod QQS “nol” stavkasini qöllagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS – 5,4 trln söm;
- yer soliği – 1,8 trln söm;
- foyda soliği – 1,2 trln söm;
- mol-mulk soliği – 979,2 mlrd söm;
- ijtimoiy soliq – 725,6 mlrd söm;
- JŞODS – 357 mlrd söm
- AOS – 48,7 mlrd söm;
- suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq – 19,4 mlrd söm.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS böyiça moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi.







