Vengriya hokimiyati yetti nafar Ukraina fuqarosini garovga olganini Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa 5 mart, payşanba kuni ma’lum qildi. Uning aytişiça, gap davlatga qaraşli “Oşçadbank” xodimlari haqida ketmoqda. Ular davlat banklari örtasidagi muntazam taşuvlar doirasida Avstriya va Ukraina örtasida ikki inkassator maşinasida reysni amalga oşirgan va pul hamda qimmatliklarni taşigan.

«Sabablar, şuningdek, ularning soğliği ahvoli va ular bilan boğlaniş imkoniyati hozirga qadar noma’lum. Amalda Vengriya garovga odam olgani va pulni öğirlagani haqida gap ketmoqda. Agar bu bugun janob Orban gapirgan “kuç” bölsa, u holda bu jinoiy tödaning kuçidir. Bu davlat terrorizmi va reket», — deb yozdi Sibiga X ijtimoiy tarmoğida va Budapeştga mazkur fuqarolarni darhol ozod qiliş talabi bilan rasmiy nota yuborilganini qayd etdi.

“Oşçadbank” bayonot e’lon qilib, öz xodimlarining öğirlanganini tasdiqladi. Hujjatda aytilişiça, GPS signali ma’lumotlariga köra, ayni paytda bankning noqonuniy uşlab turilgan avtomobillari Budapeşt markazida, Vengriyaning kuç işlatuvçi tuzilmalaridan biri yaqinida qayd etilgan.

“Oşçadbank” ta’kidlaşiça, mablağlar va qimmatliklarni taşiş Avstriyaning “Rayffayzenbank”i bilan tuzilgan xalqaro kelişuv «doirasida va uni bajariş maqsadida» amalga oşirilgan. Avtomobillarda bölgan qimmatliklar hajmi 40 million AQŞ dollari, 35 million yevro va 9 kilogramm oltinni taşkil etgan.

“Oşçadbank” xodimlarining uşlanişi bilan boğliq hodisaga Ukraina Milliy banki (UMB) ham munosabat bildirdi.

«Biz Vengriya hokimiyatidan Ukraina fuqarolarini zudlik bilan ozod qilişni, ularning uşlanişi sabablari böyiça rasmiy tuşuntiriş berişni, şuningdek, inkassator avtomobillari va tegişli yukning qayerdaligi haqida ma’lumot taqdim etişni talab qilamiz», — deyiladi UMB bayonotida.

“Oşçadbank” xodimlari bilan boğliq hodisa Vengriya va Ukraina örtasida Rossiyadan neft yetkazib beriş masalasidagi bahs fonida yuz berdi. Yaqin vaqtgaça bu yetkazib berişlar, jumladan, Ukraina hududi orqali ham ötadigan “Drujba” quvuri orqali amalga oşirilar edi. Quvur Rossiya hujumlari oqibatida şikastlanganidan keyin, parlament saylovlari arafasida turgan Budapeşt hukumati Kiyevdan uni imkon qadar tez ta’mirlaş va tranzitni qayta tiklaşni talab qildi.

Ukraina tomoni “Drujba”ni tez ta’mirlaşning imkoni yöqligini aytmoqda, ammo bu Vengriyada, şuningdek qöşni Slovakiyada ham işonçsizlik uyğotmoqda.