Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya şon-şuhrati muzeyida Özbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya öyinlariga tantanali kuzatiş marosimi taşkil etildi.

Marosimda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, Senati raisi Tanzila Norboyeva, vazirlik, miliy olimpiya qömitasi, federatsiya rahbarlari, sportçilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.


Boks böyiça jahon çempioni, Osiyo öyinlari ğolibi Abdumalik Halokov hamda qiliçbozlik böyiça Osiyo öyinlari ğolibi, «Şuhrat» medali sohibi Zaynab Dayibekova Parij-2024 Olimpiya öyinlarida Özbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari bölişi rasman e’lon qilindi.

Tadbirda sözga çiqqan Abdulla Aripov öz nutqida Olimpiya öyinlari ğolib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida aytib ötdi. Unga köra:
- Olimpiada çempionlari 200 ming dollar;
- kumuş medal sohiblari 100 ming dollar;
- bronza medal sovrindorlari esa 50 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot örnida, Özbekiston sport delegatsiyasi Tokioda ötgan sönggi Yozgi Olimpiadada 3ta oltin va 2ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 32-örinni egallagandi.
Eslatib ötamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida ham özbekistonlik sportçilarga oltin medal uçun 200 ming, kumuş – 100 ming, bronza uçun 50 ming AQŞ dollari mukofot puli va’da qilingan va puldan taşqari, çempionlarga «Tahoe» avtomobili hamda 3 xonali hovli sovğa qilingandi. Bronza medalini qölga kiritgan sportçilarga esa 50 ming AQŞ dollari va «Trailblazer» avtomobili bilan birga kvartira ham sovğa qilingandi.








