2024 yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar çet el fuqarolari öqiş maqsadida Özbekistonga  kelgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oşgan.

Joriy yilning dastlabki beş oyida Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan çet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagiça:

  • Hindiston — 2241 nafar;
  • Turkmaniston — 1937 nafar;
  • Tojikiston — 950 nafar;
  • Qirğiziston — 450 nafar;
  • Pokiston — 273 nafar;
  • Janubiy Koreya — 266 nafar;
  • Xitoy — 266 nafar;
  • Afğoniston — 147 nafar;
  • AQŞ — 132 nafar;
  • Qozoğiston — 122 nafar;
  • Boşqa davlatlar — 618 nafar.