Soliq qömitasi sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh mas’ullar va xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qildi. Bu haqda qömitaning Hay’at majlisida aytib ötilgan.

Ma’lum qilinişiça, Soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev rahbarligida kengaytirilgan Hay’at majlisi ötkazilgan. Unda I yarim yillik yakuni va III çorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilingan.

Yiğilişda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln söm miqdorida soliq tuşumlari ta’minlanib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga, hududlarda 24,4 foizga, tumanlarda 37 foizga ösganligi qayd etilgan. Mol-mulk soliği tuşumlari 37,6 foizga, yer soliği 31,2 foizga, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq 21 foizga, AOS 19 foizga va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 18 foizga ösgan.

Hududlarda foyda soliği tuşumi 32,3 foizga va QQS 20,6 foizga ösgan, Pensiya jamğarmasiga 23,1 trln söm tuşirilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln sömga oşgan.

“Şu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga köra, “DSB ma’murçiligi” dasturi asosida “korxonabay” işlaş tizimi samaradorlik körsatkiçi past bölganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qaşqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 ballni taşkil etdi”, deyiladi xabarda.

Yiğilişda xizmat vazifasini bajariş va soliq ma’murçiligini ta’minlaşda jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, taşkiliy masalalar körib çiqilgan.

Jumladan, berilgan ogohlantirişlar, profilaktik suhbatlar, körilgan intizomiy çoralardan xulosa çiqarmasdan xato va kamçiliklarga yöl qöygan hamda belgilangan samaradorlik körsatkiçlari past bölgan Qaşqadaryo, Andijon, Farğona viloyati soliq boşqarmalari boşliqlari örinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Şarof Raşidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boşliqlari hamda 25 nafar mas’ullar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Şuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy çoralar belgilanib, 15 nafar xodimning unvoni 1 poğonaga pasaytirilgan.