Qöqonda 6 yoşli bolani öziga tegişli Nexia maşinasi yukxonasiga solib, maşinani harakatlantirgan şaxsga nisbatan sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 37 yoşli A.M. 2024 yil 14 may kuni soat 19:30 larda Qöqon şahri, Parpaşabof mahallasi, Obod yurt köçasi 21-uy oldida 2018 yilda tuğilgan qöşni bolakay unga toş otganligidan jahli çiqib, uni Nexia maşinasi yukxonasiga solib qöygan. U uşbu harakati bilan bolani ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qilgan.
Sudlanuvçi öz körsatmasida öşa kuni hovlisida iş bilan band bölganida voyaga yetmagan qöşni bola devor ortidan toş otganini, bir neça bor bunday qilmaslikni ta’kidlaganini, otilgan toşlardan biri peşonasiga tegib ötgaç jahli çiqqannini hamda şu uçun bu işni qilganini bildirgan. U bolani qörqitib qöymoqçi bölgani, uni öğirlaş maqsadi bölmaganini aytib, suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
“Uşbu voqea sodir bölgandan söng qöşnimning uyidagi videokamerani közdan keçirdim. Haqiqatan ham öğlim J.M. sudlanuvçi A.M.ning xonadoniga toş otgan ekan. Agar öğlim toş otmaganida bu voqea ham sodir bölmasdi. Öğlimni sudlanuvçi öz maşinasining yukxonasiga qamab qöygani tasvirlangan videolavhaning internetda tarqab ketişiga mening aloqam yöq, bir tanişim tarqatib yuborgan. Hozirda sudlanuvçiga nisbatan da’vom yöq, unga nisbatan yengillik berişingizni sörayman”, degan bolaning onasi suddagi öz körsatmasida.
Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudining 2024 yil 12 iyundagi hukmi bilan A.M. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismida (birovni zörlik işlatib, ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. 2024 yil 17 maydan 12 iyunga qadar qamoqda ötirgan har bir kuni axloq tuzatiş işlari jazosining 3 kuniga tenglaştirib, tayinlangan jazodan 78 kunni çegirib taşlangan hamda ötaş uçun 1 yil 9 oy 12 kun axloq tuzatiş işlari jazosi qoldirilgan.
Avvalroq uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani, u protsessual tartibda uşlangani xabar qilingandi.











