Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixdagi eng kattasi - haker qariyb 10 mlrd sizdirilgan parollar arxivini tarmoqqa joyladi
Hakerlarning mashhur forumlaridan birida sizdirilgan 10 milliardga yaqin unikal parollar arxivi paydo bo‘ldi. Bungacha eng ko‘p sizdirilgan parollar miqdori 8,5 milliardga teng edi.
Cybernews nashri ma’lumotiga ko‘ra, sizdirilgan parollar 4 iyulda, AQSh mustaqilligi kunida forumga ObamaCare nomli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan. U bungacha faqat kamroq hajmdagi sizdirilgan parollarni yuklab kelgan.
Yangi faylda esa naq 9 948 575 739 ta unikal parol mavjud. Ta’kidlanishicha, faylda avval sizdirilgan parollar ham, yangilari ham bor. Taxminlar ushbu parollar so‘nggi 20 yil ichida 4000 dan ortiq sizdirilgan ma’lumotlar bazasini o‘zida jamlagan.
Mutaxassislar bu parollardan yaxshi himoyalanmagan tizimlarga hakerlik hujumlari qilishda foydalanish mumkinligini aytmoqda.
Bungacha eng ko‘p sizdirilgan parollar miqdori 8,5 milliardga teng edi va u 2021 yilda e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026