«Men NATOni birlaştirgan, Putinni töxtatgan yigitman», degan Bayden 5 iyul kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida. Jurnalistning nomzodingizni olasizmi, degan savoliga javob berarkan, buni Xudo köngliga solsagina qilişini aytdi: «Agar Xudo meni bunga majburlasa, qilişim mumkin», degan AQŞ prezidenti.
Bayden Tramp bilan debat haqida gapirar ekan, uni «yomon epizod» deb atadi. Şuningdek, öşa kuni qattiq şamollagani, özini juda yomon his qilganini aytdi. Ammo salomatligida muammo yöqligini qöşimça qildi.









