HAMASdagi öz nomini oşkor qilmagan manba Reuters'ga ma’lum qilişiça, guruh amerikaliklarning asirlarni ozod qilişga asoslangan tinçlik rejasini qabul qilgan. Manbaga köra, Isroil bilan tinçlik muzokaralari 16 kundan keyin – Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv boşlangaç start oladi.
HAMAS Isroilning avvalgi kelişuvni bekor qilgan va Tel-Aviv asirlarni ozod qiliş böyiça muzokara boşlanişidan avval öt oçişni töxtatişini kutgan. Guruh manbasiga köra, Isroil ham AQŞ taklif qilgan rejani qabul qilsa, bu oxir-oqibat uruş tugaşiga olib keladi.
Reuters'ning Isroildagi muzokaralarga yaqin manbasi ham tomonlarda uruşni tugatiş böyiça real şans paydo bölganini aytgan.









