Toşkentda internet orqali soxta havola jönatib odamlarning pullarini özlaştirib kelgan şaxs qölga olingan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, Toşkent şahrida yaşovçi 39 yoşli ayol S.G. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 4 mln 949 ming söm puli noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi 42 yoşli N.A. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.A. internet foydalanuvçilariga Telegram’dan turli havola jönatib, odamlarning bank karta ma’lumotlarini qölga kiritiş orqali ularda saqlangan pullarni öğirlab kelayotgani ma’lum bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.








