Özbekistonda pensiya oluvçilar soni 4 mln kişidan oşdi. Bu haqda Pensiya jamğarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 1 iyun holatiga Pensiya jamğarmasi hisobida turib pensiya oluvçi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni taşkil qilgan. 2024 yilning 1 may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bölgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Şundan 102 610 nafar fuqaroga yoşga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvçisini yöqotganlik pensiyasi tayinlangan.

Pensiya oluvçilar soni hududlar kesimida quyidagiça:  

  • Farğona viloyati – 473 337 nafar;
  • Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
  • Andijon viloyati – 374 667 nafar;
  • Toşkent şahar – 367 483 nafar;
  • Toşkent viloyati – 365 544 nafar;
  • Qaşqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
  • Namangan viloyati – 313 241 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
  • Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
  • Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 215 679 nafar;
  • Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
  • Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.