Xatirçi tumanida voyaga yetmagan bola iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasining tafsilotlari oçiqlandi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro N.A. BYD maşinasini Xatirçi tumani hududidan ötuvçi 4R-48 avtomobil yölida “Zarafşon-Yangirabod” yönalişi böylab boşqarib borayotib, özi bilan bir yönalişda BYD maşinasini boşqarib borayotgan fuqaro F.A. bilan bir-biridan quvib ötişga harakat qilib, özaro quvişgan. Oqibatda yölning Xatirçi tuman tibbiyot texnikumi yonidan ötgan qismida tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 2016 yilda tuğilgan Ş.Ş.ni dastlab N.A. maşinasida turtib ötgan. Söngra F.A. öz maşinasida qizaloqni urib-bosib ötib ketgan.
Buning oqibatida voyaga yetmagan Ş.Ş. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan N.A. va F.A.ga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Haydovçi N.A. sönggi bir yil davomida 12 marotaba tezlikni oşiriş, 1 marotaba yöl çiziği talablariga rioya qilmaslik qoidabuzarliklarini sodir etgani aniqlangan. Haydovçi F.A. esa sönggi bir yil davomida bir marotaba transport vositasini boşqariş huquqi bölmagan şaxsga topşiriş qoidabuzarligini sodir etgan.
Voyaga yetmagan Ş.Ş. tumandagi 14-sonli maktabning 2-sinf öquvçisi bölgan. Uni onasi M.Ş. bir kun oldin bobosinikiga olib kelib, özi Toşkent şahriga işlaş uçun ketgan. Bobo hamda buvi 2010 yilda tuğilgan öğli N.T. hamrohligida qizaloqni istirohat boğiga sayrga borib kelişiga ruxsat bergan.
Qayd etilişiça, Xatirçi tumani Yangirabod mahallasi hududidan ötuvçi 4R-48 yöli davlat ahamiyatiga ega yöl bölib, uşbu yölning 127-kilometrida tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida tegişli yöl belgilari örnatilgan va yöl yotiq çiziqlari çizilgan bölgan.
Uşbu yöl Xatirçi tuman yöllardan foydalaniş davlat muassasasi 239-yöl bölimiga tegişli va Avtoyöl tomonidan xizmat körsatiladi.
Mazkur piyodalar ötiş joyida Xatirçi tuman yöllardan foydalaniş davlat muassasasi tomonidan tugmali svetofor qurilmasini örnatiş dasturga 2024 yil 1-çorak yakuniga qadar kiritilgan bölib, mablağ ajratilmaganligi sababli hozirgi kunga qadar örnatilmagan. Xatirçi tuman yöllardan foydalaniş davlat muassasasi direktori nomiga Navoiy viloyati YHXB tomonidan joriy yilda 2 marotaba tugmali svetofor örnatiş yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan. Taqdimnoma talablari bajarilmaganligi uçun korxonasi rahbariga ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.








