Boğça pedagoglarining maoşi oşdi, ammo...
2023 yil 26 martda prezident imzolagan 79-sonli farmonga köra, şu yil 1 iyundan boşlab davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy örta ta’lim muassasalarining tegişli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglaştirilişi belgilangandi.
Biroq davlat boğçalarida bolalarga jismoniy tarbiya va musiqa fanidan dars beruvçi kadrlarning maoşi kötarilmagani aytilmoqda.
Mirzo Uluğbek tumanidagi boğçalardan birida işlovçi jismoniy tarbiya yöriqçisining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, u oliy ma’lumotli, 1,25 stavkada işlaydi, 1 mln 720 ming söm oylik oladi. Oliy ma’lumotli, ammo 1 stavka işlovçilar esa 1 mln 587 ming söm maoş olişi ma’lum qilindi.
“99-sonli buyruq [Maktabgaça ta’lim taşkilotlari pedagoglarining iş hujjatlarini tasdiqlaş töğrisida] böyiça biz iş hujjatlarini yuritamiz, hamma öqituvçilar hamkorlikda işlamaydi. Tarbiyaçi bolalarini bizga taşlab gruppaga koçib ketadi, 30 daqiqa davomida 35 nafar bola bilan bitta jismoniy tarbiya öqituvçisi dars o‘tadi. Tarbiyaçi yoki tarbiyaçi yordamçisi bizga yordam bermaydi.
Biz ham tarbiyaçilar singari malaka oşiramiz, toifalarga topşiramiz. Pedagog vazifasini bajaramiz. Lekin hammaniki oşib, bizning oyligimiz oşmaydi. Nega?” – deydi ayol tahririyat muxbiri bilan suhbatda.
Çilonzor tumanidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlaridan birida işlovçi yana bir jismoniy tarbiya ustozlaridan biri 1,5 stavkada işlaydi, oliy ma’lumotli, 1-toifaga ega. U 2 mln 400 ming söm oladi.
“Jismoniy tarbiya yöriqçisining 1 stavka işi 30 soat. 1 stavkada 8 ta guruhga maşğulot ötadi. Öquv yili davomida bolalar bilan ertalabki badantarbiya jarayonlarini, nonuştadan söng tarbiyalanuvçilar bilan reja asosida maşğulotlarni olib boramiz. Hamma pedagoglar qatori hujjatlarni yuritamiz, bolalar guruhi bilan şuğullanamiz.










