Ijtimoiy tarmoqlarda aholi uçun 2024 yil 1 maydan joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining 200 kWh miqdoridagi oylik bazaviy me’yori keng muhokamalarga sabab bölyapti.

Muhokamalar yuzasidan energetika tizimi taşkilotlari birgalikda bayonot bilan çiqdi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi qarori bilan joriy yil 1 maydan maişiy iste’molçilarga elektr energiyasi uçun bir oylik iste’molning bazaviy me’yorlari tasdiqlangani eslatiladi.

«Bundan asosiy maqsad iste’molçilarda elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oşiriş, davlat tomonidan aholining xarajatini qoplaşga ajratilayotgan mablağlarni töğri va manzilli taqsimlaş hamda yoqilği-energetika resurslari bilan işonçli tarzda ta’minlaş hisoblanadi», – deyiladi bayonot avvalida.

Tahlillarga köra 2024 yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kWh elektr energiyasi iste’mol qilinişi rejalaştirilgani, şundan yil davomida örtaça oylik iste’moli 200 kWh'gacha bölgan iste’molçilar jami abonentlarning 60 foizini taşkil etişi ta’kidlangan.

«Yuqoridagilardan kelib çiqib hamda elektr energiyasi iste’moli yil davomida keskin özgarmasligini inobatga olib, yil davomida bir xil bazaviy me’yor joriy qilingan.

Birinçidan, hozirgi vaqtda 1 kWh  elektr energiyasining tannarxi 895 sömni (QQS bilan 1 002 sömni) taşkil etadi.

Aholiga yetkazib berilayotgan har bir kWh  elektr energiya uçun bazaviy me’yor doirasida 552,4 söm, 201 kWh'dan 1000 kW/h’gaça esa 102,1 söm davlat tomonidan har bir iste’molçiga qoplab berilmoqda.

1 kWh elektr energiyasi işlab çiqariş xarajatlari 741,93 sömni, transportirovka xarajati 57,8 sömni, taqsimlaş va sotiş xarajatlari 202,4 sömni taşkil etadi.

Bunda, davlat 200 kWh’gacha elektr energiyasi iste’mol qilgan aholi (iste’molçilarning 71 foizi) uçun 447,0 mlrd söm, 201-1 000 kWh'gacha elektr energiyasi iste’mol uçun 30,2 mlrd söm qoplab bermoqda.

Ikkinçidan, bazaviy me’yor bu elektr energiyasining bir oyda 200 kWh'gacha bölgan iste’mol hajmi hisoblanib, uşbu iste’mol doirasida barça maişiy iste’molçilar har bir 200 kWh'uchun “imtiyozli” narxda ya’ni 450 söm (QQS bilan)dan haq tölaydilar», – deya ta’kidagan tizim taşkilotlari.