Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro quriliş qiliş uçun kotlovan qazib, qöşnisining uyini qulatgani haqidagi videolavhalar tarqaldi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“Avvalo ta’kidlaş joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bölganini izohlovçi biror ma’lumot keltirilmagan. Şuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning çet tilida sözlaşayotganini ham eşitiş mumkin”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi tomonidan tezkor örganiş işlari olib borilgan. Örganiş davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulaşi bilan boğliq hodisa röy bermaganligi aniqlangan.

Vazirlik yolğon axborot tarqatganlik uçun qonunçilikda tegişli jazo çoralari belgilanganligini eslatib ötgan.

Avvalroq Samarqand viloyatining Juma şahrida kotlovan notöğri qazilişi oqibatida quriliş obektiga tutaş bölgan uy qulab tuşgandi.