Avvalroq Kun.uz’da Toşkent şahrida 2 ta Spark va Honda maşinalari iştirokida YTH sodir bölgani va oqibatda uç kişiga tez tibbiy yordam körsatilgani haqida xabar berilgandi.

Toşkent şahar IIB YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, hodisada oğir tan jarohati olgan yölovçi ayol (u boşqaruvni yöqotgan Spark’da bölgan) şifoxonada vafot etgan.

Hodisa tafsilotlariga köra, 2024 yil 9 iyul kuni soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipçoq köçasida, 43 yoşli haydovçi ayol D.U. boşqaruvida bölgan Spark, 40 yoşli erkak boşqaruvida bölgan Spark va 22 yoşli yigit boşqaruvida bölgan Honda bilan töqnaşgan.

Oqibatda D.U. va uning boşqaruvida bölgan Spark yölovçisi 43 yoşli ayol hamda Honda yölovçisi bölgan 22 yoşli ayol şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan 43 yoşli ayol şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat tasvirlangan video tarqaldi. Unda D.U. boşqaruvida bölgan Spark katta tezlikda harakatlanib kelib boşqaruvni yöqotgani va yölni ajratib turuvçi beton tösiqdan oşib ötib, avval Honda bilan, söng boşqa bir Spark bilan töqnaşganini köriş mumkin.