Daniya poytaxti Kopenhagenda sayyohlar bepul tuşlikka ega bölişlari mumkin. Buning uçun sayyohlar şahar ekologiyasi uçun xizmat körsatişi kerak böladi, deb xabar berdi Kopenhagen turizm boşqarmasi.

Ta’kidlanişiça, buning uçun sayyohlar 15 iyuldan boşlanadigan “ekologik toza tadbirlar”da qatnaşişi kerak. 11 avgustgaça davom etadigan aksiyada sayyohlar çiqindi yiğganligi, jamoat transporti yoki velosipeddan foydalangani uçun bepul tuşlik, qahva bilan mukfotlanadi. Şuningdek, bu harakatlar evaziga Kopenhagenning diqqatga sazovor joylariga bepul kiriş imkoniyati ham beriladi. 

Şahar turizm kengaşi bu orqali poytaxtdagi ekologik yuklamani kamaytirişni maqsad qilgan.

Aksiya özaro işonç asosida amalga oşiriladi. Ya’ni sayyohlardan velosipedda yurganini isbotlaşi talab qilinmaydi. Faqat ayrim joylardagina jamoa transporti çiptasi yoki velosipedda sayr qilgani aks etgan suratlar söralişi mumkin xolos.