Toşkent şahrida köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi şirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

«Özenergoinspeksiya» Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida Yaşnobod tumanida faoliyat yuritayotgan «I.S.T.» MÇJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagiçiga taşqi ta’sir körsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgiçi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln sömni taşkil etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.