Namangan viloyatining Pop tumanida yaşovçi yigit 2022 yil sentabr oyida Rossiyadagi qamoqxonada jazo ötayotgan vaqtida Yevgeniy Prigojinning taklifiga köra «Vagner» XHK safiga yollangan. Unga uruşda tirik qolsa, sudlanganlik holatini olib taşlaş, 1,2 mln rubl pul hamda Rossiya fuqaroligini beriş va’da qilingan. Luhansk oblastidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan uşbu şaxs «Za rodinu» kökrak nişoni bilan taqdirlanib, 2023 yil oxirida Özbekistonga qaytib kelgan.

Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollangan yana bir özbekistonlik yigitga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Pop tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan Ğolib Aliyev 2016 yilda işlaş uçun Rossiyaga ketgan. U öşa yili Rossiyada qasddan odam öldiriş bilan boğliq jinoyatni sodir qilgani uçun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan hamda Tambov oblastidagi jazoni ijro etiş muassasasiga joylaştirilgan.

2022 yil sentabr oyida öz ixtiyori bilan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safiga yollangan. U «Vagner» harbiylari bilan birgalikda Ukrainaning Luhansk oblasti hududida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi olib borilayotgan jangovar harakatlarda qatnaşgan. 2023 yil 21 yanvar kuni çap yelka qismidan yaralanib, harbiy gospitalda davolangan hamda 2023 yil 3 mart kuni harbiy kompaniya bilan şartnoma muddati tugagani sababli Rossiyaga qaytib ketgan. Jangovar xizmatlari uçun Rossiya Federatsiyasining «Za rodinu» nomli kökrak nişoni bilan taqdirlangan.

Ğolib Aliyev sudda aybiga töliq iqror bölib, quyidagiça körsatma bergan:

«2016 yil yozida işlaş maqsadida Rossiyaga bordim va u yerda Tojikiston fuqarosiga tan jarohati yetkazib, uning vafot etişiga sababçi böldim. Buning uçun Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan aybli deb topilib, jazoga tortildim va Tambov viloyatida joylaşgan jazoni ijro etiş muassasasiga olib ketildim.

2022 yil 1 sentabr kuni muassasaga vagnerçilar sardori Yevgeniy Prigojin kelib, mahkumlarni yiğdi va 6 oy mobaynida Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişni taklif qildi. U şartnoma vaqtida uruşda qatnaşib, tirik qolganlarga oyiga 175 ming rubl, umumiy hisobda 1,2 mln rubl miqdorida pul tölanişi hamda sudlanganlik holati olib taşlanib, Rossiya fuqaroligi berilişini ma’lum qildi.

Jazoni ijro etiş muassasasidagi mahbuslardan taxminan 700-800 nafari borişga rozi böldi. Ular qatori men ham qamoqdan qutuliş maqsadida Prigojinning taklifigv rozilik bildirdim.

2022 yil 15 sentabr kuni 325 nafar mahbus Lugansk şahri yaqinida joylaşgan harbiy lagerga olib borildik. U yerda quroldan otiş va boşqa harbiy harakatlar böyiça maşğulotlar ötkazdik. 2022 yil 3 oktyabr kuni asosiy janglar bölayotgan Lugansk şahriga jönab ketdik.