Quriliş vaziri Şerzod Hidoyatovga köra, Toşkent şahrining boş rejasida binolar qavati oşirilgani bilan ziçligi saqlab qolingan. U bu bilan hududda bosim ortmasligini aytmoqda. Urbanizatsiya milliy qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev esa bu jarayon tadbirkorlar iltimosi bilan amalga oşirilmaganini, özgartirişlar kelgusida ham qilinişini bildirdi.
Boş reja özgardi
28 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining poytaxt boş rejasi özgarganiga oid tegişli qarori e’lon qilindi. Unga köra, Toşkent şahrida 1 512 gektar yer uçastkasida xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan umumiy qiymati 14,5 mlrd dollarga baholangan jami 30 ta yirik köçmas mulk loyihasi (turar va noturar majmualar) quriladigan bölyapti. Kun.uz bu haqda avvalgi materiallarida ham xabar bergandi.
Uzoq yillar kutilib, 2024 yil dekabr oyida tasdiqlangan boş rejada qator hududlardagi yangi binolarning balandlik çeklovi keskin oşirilgan. Masalan, endi Beşyoğoçda 28-32 qavatgaça bino quraversa böladi – boş reja özgarmasidan oldin bu yerda 9-12 qavatdan baland binolarga ruxsat yöq edi. Röyxatdan kelib çiqib aytilsa, 5 qavatdan 40 qavatgaça binolar qurilişi hududlar kesimida yozib ötilgan.
Rasmiylar nima deydi?
5 mart kuni Milliy kontent işlab çiqaruvçi markazda ötgan matbuot anjumanida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi vakillari boş reja nega özgartirilgani yuzasidan izoh berişdi.
Vazir Şerzod Hidoyatovning aytişiça, 14 oy oldin tasdiqlangan Toşkent şahrining boş rejasi işlab çiqilganda, aholi soni belgilanib, yöl, infratuzilma, kommunikatsiya – hamma tizimlarning holatidan kelib çiqib, joydagi ziçliklari belgilab ketilgan.
Vazir butun dunyoda şaharlarning boş rejalari tasdiqlanganidan keyin master rejalarga muvofiq unga doimiy özgartiriş kiritib borilişini bildirdi.
“Lekin özgartiriş kiritilganda, öşa har bir hududning tanlangan joyida ziçlik saqlab qolinadi. Kommunikatsiya talablari körib çiqiladi va öşa kommunikatsiyani yangilaşga yoki özining mavjud infrastrukturasi agar talablarga mos keladigan bölsa, şunga qarab özgartirib boriladi. Biz ham xuddi şu yöldan yurib, hozirgi kunda özgartiriş işi boşlandi.
Mana, özgartiriş kiritilganda katta-katta hududlar tanlab olinib, u joyda ziçlikni saqlab qolib, köp qavatli binolarga ruxsat berildi, lekin boşqa joylarida öşani yaşil hududlarga aylantiriş, kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantiriş uçun master rejalar işlab çiqilib, şu asosida hozir özgartiriş kiritildi”, – dedi u.
Urbanizatsiya milliy qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev qavatlar oşirilişi masalasiga töxtaldi. Uning tuşuntirişiça, biror hududdagi bino qavati oşirilsa, uning yonidagi obektniki pasaytiriladi. Şu orqali ziçlik saqlab qolinadi.
“Töğri, mana, qayerdadir 30 qavatliga ruxsat beryapsizlar, 20 qavatdan oşiqqa ruxsat beryapsizlar, lekin men juda ham yaxşi, yonidagi joyda qurilgan qavatni pastga nolga tuşirib qöyyapsizlar ekan, deganni heç körmadim. Çunki bitta joyda ruxsat berilyapti, ikkinçi joy nolga tuşirilyapti-da. Bu tomoni ham bor, ya’ni umumiy ziçlik saqlanib qoladi.
Boş rejani qarayotganda haligi, UMN, QMN degan koeffitsiyentlari bor, ya’ni umumiy maydonga nisbati, quriliş maydoniga nisbati degani. Bu butun katta hudud şu katta qavat bilan quriladi degani emas. Ya’ni öşa nisbatidan kelib çiqib, mayli, bitta, ikkita, uçta bölar 30 qavatli, törtta bölar balki. Lekin agar törtta 30 qavatli bölsa, demak, mana bu yaşil hududi böladi. Agar buni qisqartiraman desa, ikkita 30, misol uçun, endi faraz qilamiz, uçta 5 qavat, törtta 12 qavat qilib, mana şunday qilib joylanadi. Ya’ni öşa nisbatlar qat’iy ravişda saqlanib qolişi kerak böladi. Şuning uçun master reja deyiladi. Ya’ni bu öşa hudud töliq şu yuqori qavatli ziç quriladi degani emas”, – deydi u.
Qudbiyev bergan ma’lumotiga köra, ayni vaqt Toşkentda 893 gektar jamoat boği mavjud, kişi boşiga hisoblaganda 2 kvadrat metrdan tuşadi. Qömita raisi normativ böyiça bu 17-19 kvadrat metr bölişi kerakligini, bu 10 barobar kamligini aytdi.
Boş reja keyinçalik ham özgaradimi?
Rasmiy vakil boş rejaga özgartiriş kiritilişi davom etişi haqida ham gapirdi.
“Bu, albatta, davom etadi, bu böladigan. Lekin qaysi davriylikda? Bu öşa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni özi belgilaydi. Hozir bizda 14 oydan beri töplanib qolgan. Tezroq biz kiritib olib, bir nima qilib olsak, mantiqan aytişingiz mumkin, siz 2000 dan ortiq gektarni neça yil qurasizlar özi, deb. Biz aytyapmiz, 15 yil quramiz, 15 yilga yetarli yer oçildi Toşkent şahrida. Yer oçiladi demoqçimiz. Bu hamma narsa qadamma-qadam-da”, – dedi u.
Qudbiyevning aytişiça, hujjat tadbirkorlar aralaşuvi yoki iltimosi bilan özgartirilmaydi. Bunga qömita yöl qöymasligi bildirildi.
“Keyin ham, ungaça ham, bundan keyin ham birorta tadbirkorning nimasi bilan boş rejaga özgartiriş kiritilmaydi. Boş rejaning asosiy maqsadi bu – Toşkent şahri misolida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovon yaşaşini ta’minlaş. Bu köpçilikning farovon yaşaşini ta’minlaş. Ya’ni köpçilik yaxşi yaşaşi kerak va yaxşi yaşaş deganda biz nimani tuşunamiz? Yaxşi yaşaş deganda nisbatan, endi arzon bölmaydi, albatta, qulay uy-joy bölişi kerak.
U uy-joyga bemalol kirib-çiqiş kerak va u joydan, masalan, biz mana, qarorimizda yo farmonimizda yozilgan, şunga qarab intilamiz. Afsuski, hozir bunaqa emas, lekin şunga qarab intilişimiz kerak. 15 daqiqada asosiy joylarga yetib oliş kerak. Öşa dökonga, dorixonaga, poliklinikasiga, boğça-maktabiga 15 daqiqada yetib oliş kerak. Şunga qarab intilişimiz kerak böladi. Boş rejaga özgartiriş kiritişda va öşa master rejalarni tasdiqlaşda mana şu bizning asosiy ustuvor yönalişimiz böladi. Ming yaxşi böladimi, foydali loyihalar böladimi, lekin u agar xalqning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga yönaltirilmagan bölsa, uni qabul qiliş notöğri böladi va qabul qilmaymiz”, – dedi Qudbiyev.
Şerzod Qudbiyev Tashkent cityʼga öxşaş markazlar boşqa hududlarda ham barpo etilişi kerakligiga töxtaldi.
“Şaharning markazlari bir neçta bölişi kerak. Mana, e’tibor beringlar, keçqurun, masalan, men özim farzandimni Tashkent sityʼga olib kelsam, 30 daqiqa kirişga, 30 daqiqa u yerdan çiqib ketişga ketadi. U yaxşimi, yomonmi? Bu juda ham yaxşi, çunki juda ham zör markaz. Lekin kirib-çiqişga qiynalamiz. Nima kerak? Demak xuddi şunaqa markazlar Toşkent şahrining boşqa [joylarida bölişi kerak]. Mirzo Uluğbek tumanida yaşayman, bolalarimni olib bu yerga Mirzo Uluğbek tumanidan kelaman. Nima qiliş kerak? Mirzo Uluğbek tumani tomonda agar bittasi xuddi şunaqa mall qilsa, u yerga borarmidim?! Mirobod tumanida öziniki bölsa. Gap öziniki, raqobatçi emas, şaharda özi mana şunaqa markazlar har xil ikkita, uçta, törtta, beşta bölsa, şunday qilib yölga, transportga, ekologiyaga bölgan bosim ham kamayadi”, – deydi rais.
“Şahar infratuzilmasining bu ahvolga kelib qolişiga boş reja aybdor emas”
Toşkent boş rejasini özgartiriş kun tartibida yöqligi haqida bayonot berib çiqqan quriliş vaziri örinbosari Davron Odilovga köra, hujjat özgartirilmagan, takomillaştirilgan. Bu jarayonda mahalliy mutaxassislardan taşqari Germaniya, Turkiya, Xitoyda öqib kelgan urbanistlar ham iştirok etgani aytildi.
Odilov boş reja özgartirilganiga oid ma’lumot taqdimot şaklida OAVga Navröz bayramidan keyin körsatilişini bildirdi. U nutqi davomida Toşkent şahridagi infratuzilmaviy, transport, quriliş yoki ekologiya muammolariga uning boş rejasizligi sabab bölmaganini ta’kidladi.
“Infratuzilma böyiça köp gaplaşyapmiz, hamma joyda şu mavzu, lekin heç kim aytmaydiki, bu şahar aholisi özi qança suv işlatişi kerak, qança işlatyapti? Qança elektr toki işlatişi kerak, qança işlatyapti? Qança gaz işlatişi kerak? Endi bitta narsa bor. Birinçidan, bu şahar infratuzilmasining bu ahvolga kelib qolişiga boş reja aybdor emas. Şahar infratuzilmasini bugun bu ahvolda ekspluatatsiya qilişimizga birorta normativ hujjat aybdor emas. Bunga men va siz aybdormiz.
Şahar infratuzilmasini bugun qöpol ravişda ekspluatatsiya qoidalarini buzib, yomğir suvini ham, quşxona suvini ham, kraskaning suvini ham, kanalizatsiyaga [oqizayotgan] men va siz. Birorta normativ hujjat buni belgilab bermagan. Yomğir suvi kanalizatsiyaga qöyildi, demagan. Kanalizatsiya böyiça oddiy misol köradigan bölsak, özi infratuzilma deganda 60% kanalizatsiyadan iborat. Nima uçun? Kanalizatsiya uçun har doim aytaman, koridor kerak. U özining “samotyok”idan ketadigan tarmoq bölgani uçun u nişabi bilan ketayotganda bir qança kommunikatsiyalardan kesişadi. Şuning uçun bu asosiy, eng katta sarf-xarajat keltirib çiqaradigan tarmoq hisoblanadi.
Elektr energiya bilan ta’minlaşi mumkin, içimlik suvi bilan ta’minlaş yetkazib berişi mumkin. Bir nasos qöysa, bosimni kötarib olib borib beraveradi. Lekin kanalizatsiyada muammo köp. Bugun kanalizatsiya bilan qanaqa muammo qilyapti şahar aholisi? Ikkita inşootimiz bor, bir millionlik, yetmayapti deyapmiz. Abu-Dabi xuddi bizga öxşagan bitta poytaxt. Aholi soni ham biznikidan kam. 2 million 900 ming odam yaşaydi. 3 ta 300 minglik inşooti bor. Heç qanaqa muammosi yöq. Muammo nimada? Boş rejadami, rejalaştirişdami, infratuzilmadami yoki bizdami? Şuning uçun iltimos qilgan bölardim, buni bitta texnik içiga kirib olsak, şunda lekin boş reja özi özgarişi qaçondan boşlangan degan savolingizga özingiz javob berasiz”, – dedi u.
Eslatib ötamiz, 2045 yilgaça möljallangan poytaxtning boş rejasi qabul qilingaç, bir neça oy ötib, unga zid köplab qurilişlar loyihalari paydo bölgan va taqdimotlar qilina boşlangandi.
28 fevral kungi qaror asosida şaharda yer maydoni 1 gektargaça bölgan kiçik va ziç qurilişlardan voz keçilişi, 9 ta yangi yaşil hudud – jamoat parki taşkil etilişi közda tutilgan.







