Jo Bayden saylov poygasidan çiqişini e’lon qilganidan beri AQŞ Demokratik partiyasi kiçik donorlar uçun ActBlue platformasida 55 million dollardan ortiq mablağ yiğişga muvaffaq böldi. Tegişli ma’lumot 22 iyul, duşanba kuni Politico tomonidan taqdim etilgan. E’londan söng dastlabki beş soat içida 27,5 million dollar yiğildi. Keyinçalik ActBlue bir sutkadan kamroq vaqt içida 46,7 million dollar töplagani haqida xabar berdi, bu 2024 yil uçun kunlik rekorddir. Pul Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga ham, saylovda qatnaşadigan boşqa demokrat nomzodlarga ham yönaltiriladi.
Mablağlar oqimi «biz hozirgaça körmagan demokratik iştiyoqni» aks ettiradi, deb ta’kidlaydi Politico. Platformaga köra, yiğilgan mablağ 2020 yilgi rekorddan pastroq. Öşanda AQŞ Oliy sudining eng keksa a’zosi Rut Beyder Ginzburg vafotidan keyin bir kunda 70,6 million dollar yiğilgan.
Jo Baydenning saylovdan voz keçişi va Kamala Harris nomzodi
Jo Bayden 21 iyul kuni AQŞ prezidentligi saylovidan öz nomzodini qaytarib olişini e’lon qilgan edi. Amaldagi davlat rahbari bu qarorni Demokratik partiya va butun mamlakat manfaatlarini közlab qabul qilganini alohida ta’kidladi. Bayden tez orada xalqqa murojaat qilib, tafsilotlarni aytib berişini bildirdi. Uning qöşimça qilişiça, amaldagi muddatining qolgan qismida asosiy e’tiborini prezidentlik vazifalarini bajarişga qaratadi.
Bayden öz örniga Kamala Harrisni taklif qilib, uni «töliq qöllab-quvvatlaşini» bildirdi. «Demokratlar - birlaşiş va Trampni yengiş vaqti keldi. Keling, buni qilaylik!» - deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.
Keyinçalik amaldagi vitse-prezident Kamala Harris AQŞ prezidentligiga nomzodini qöyişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi. Amerika OAV uning sözlaridan iqtibos keltirdi: «Prezidentning tasdiğini oliş men uçun katta şaraf va men bu nomzodlikni qölga kiritiş va ğalaba qozoniş niyatidaman». Harris respublikaçi Donald Trampni mağlub etiş uçun «Demokratik partiya va xalqni birlaştiriş» maqsadida «hamma narsani qilişini» qöşimça qildi.









