Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Nodir Ğaniyev Fransiya poytaxtiga bordi.

Diplomat 52 yoşda, Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) şarqşunoslik fakultetini bitirgan. 1994 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tizimida işlamoqda.

Yangi elçi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinçalik Özbekistonning Şvetsiyadagi Muvaqqat işlar vakili bölib işlagan. 2018-2023 yillarda Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasiga rahbarlik qilgan. 2023 yil oktyabr oyidan Şvetsiyada birinçi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlagan.

Avvalroq Özbekistonning Fransiyadagi elçisi Sardor Rustamboyev Hindistonga elçi etib tayinlangan edi.