Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») qoşidagi «Alfa» maxsus operatsiyalar markazi Kursk viloyatidagi «bir qator elektr podstansiyalariga» zarba berdi. Bu haqda 29 iyul, duşanba kuni Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lum qildi. Hujumlar natijasida «kamida törtta podstansiyada portlaşlar» haqida ma’lum, «Kursk viloyatining Ponirovskiy, Kursk va Solnsevskiy tumanlarida elektr ta’minotida uzilişlar qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Rossiya energetika obektlariga hujum aynan qaçon amalga oşirilganiga aniqlik kiritmayapti. Ayni vaqtda Kursk viloyati gubernatori Aleksey Smirnov avvalroq Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari 29 iyulga ötar keçasi mintaqa uzra 19 ta dronni urib tuşirganini ma’lum qilgandi. «Solnsevskiy tumanida uçuvçisiz uçoq qoldiqlari elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazgan», - dedi Smirnov. Yettita aholi punktida elektr energiyasi yöq edi, biroq gubernatorning sözlariga köra, keyinroq elektr ta’minoti tiklangan. 

Rossiya boşqa mintaqalaridagi elektr inşootlarida yonğinlar 

29 iyulga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining boşqa hududlariga ham hujum uyuştirildi. Xususan, Oryol viloyati gubernatori Andrey Kliçkov UUA hujumi natijasida «mahalliy elektr stansiyasiga zarar yetganini» xabar qildi. «Pepel» naşrining yozişiça, dronlar Belgorod viloyati Tomarovka qişloğidagi elektr podstansiyasiga ham hujum qilgan va u yerda yonğin boşlangan. 

Ukraina Boş ştabi: Rossiya sanoati - Ukrainaning qonuniy maqsadi

«Ukrainaga qarşi uruş uçun işlaydigan Rossiya sanoati bizning qöşinlarimiz uçun qonuniy nişondir», dedi Ukraina armiyasi vakillari. Ularning sözlariga köra, Kursk viloyatidagi törtta elektr podstansiyasi, jumladan, Ukrainadagi rus qöşinlari uçun qurol-yaroğ va harbiy texnikani olib ötuvçi Rossiya temiryöli işini ta’minlaydi.