Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv inshootlaridan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi
Hujjat Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat komissiyasining 34-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Foto: agro.gov.kg
Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv inshootlaridan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi.
Bu haqda 30 iyul, seshanba kuni Qirg‘iziston Respublikasi Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Issiqko‘l viloyatining Cho‘lpon-Ota shahrida Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanish bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi komissiyasining 34-majlisi bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Qirg‘iz delegatsiyasiga Qirg‘iziston Respublikasi suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi xizmati direktori Almazbek Sokeyev boshchilik qildi. Qozog‘iston delegatsiyasiga suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov rahbar bo‘ldi.
2024 yil 20 iyul holatiga Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo manbalar va inshootlar bo‘yicha suv olish jadvallarini bajarishning borishi, Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo obektlarda 2024 yil 20 iyul holatiga ko‘ra bajarilgan ishlar hajmi, Chu va Talas daryolarida davlatlararo foydalanish uchun suv inshootlarini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2000 yil 21 yanvardagi Chu va Talas daryolarida davlatlararo suv inshootlaridan foydalanish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, Chu daryosidagi Chumish gidrotexnika agregatini boshqarish va undan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatni ishlab chiqish va bir qator boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Departament xabariga ko‘ra, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha komissiyaning 34-yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

15:31 / 01.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi

14:45 / 27.06.2025