Qozoğistonning Jambul viloyatida özbekistonlik Madina Raşid qizining ölimi holatlari tergov qilinmoqda. Uning jasadi Merken tumanidan topilgan edi.
Politsiyaning ma’lum qilişiça, mazkur fakt yuzasidan özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş moddasi bilan sudgaça tergov boşlangan. Idora xabariga köra, hozir hodisaning barça tafsilotlari örganilmoqda, tergov siri oşkor etilmaydi.
Marhumning dugonasiga köra, fojiadan sal avval Madina unga oilaviy mojarolar haqida sözlab, eridan ketmoqçi ekanini aytgan. Madina turmuş örtoği bilan janjallaşayotganidan bir neça bor şikoyat qilgan va dugonasining ta’kidlaşiça, jismoniy zöravonlikka uçrab kelgan. U sönggi janjal haqida dugonasiga yozişmalarida aytib bergan. Aytilişiça, mojaro eri sakkiz oylik farzandiga olib kelgan, ammo Madina yeb qöygan «Barni» biskviti tufayli kelib çiqqan. Şundan söng eri uni urgan.
Ertasi kuni Madina yiğiştirilgan buyumlarining suratini yuborib, eridan ketmoqçi ekanini ma’lum qilgan. Şuningdek, u dugonasidan 15 ming tenge (32 dollar) söragan, biroq öşa paytda pul topişning imkoni bölmagan.
Şundan söng Madina bilan aloqa uzilib qolgan. Keyinroq qaynonasi uning dugonasiga qizining vafot etganini aytgan.
Madina Özbekiston fuqarosi, uning turmuş örtoği esa Qozoğiston fuqarosi bölgan. Ular qariyb ikki yildan beri birga yaşab, sakkiz oylik farzandini tarbiyalayotgan edi. Dugonasining sözlariga köra, Madina homilador bölişi mumkin.
Marhumning dugonasi ijtimoiy tarmoqdagi postlarida uning ölimi holatlariga şubha bildirib, sinçkovlik bilan tergov ötkazişga çaqirgan. Uning da’vo qilişiça, ayolning tanasida jarohatlar bölgan. Bu ma’lumot hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Sönggi yillarda Qozoğistonda oilaviy zöravonlik mavzusi xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun qabul qilinişi fonida keng muhokama qilinmoqda. Qonun oiladagi zolimlar uçun jazoni kuçaytirgan. Bundan taşqari, sobiq vazir Quandiq Bişimbayevning özining şar’iy nikohidagi ayoli Saltanat Nukenovani öldirişi respublikada katta rezonansga sabab böldi. 2024-yilning may oyida Bişimbayev uşbu jinoyati uçun 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

















