Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat oldida turgan ikkita global muammo sifatida Rossiyaning ballistik raketalar bilan zarbalari va mudofaani moliyaviy taʼminlaş masalasini körsatdi.
Zelenskiy bu haqda 23-avgust kuni Daniya, Latviya, Litva, Norvegiya, Finlandiya va Estoniya rahbarlari Kiyevga taşrif buyurgan bir paytda maʼlum qildi.
Ukraina rahbariga köra, mamlakat Yevropa Ittifoqidan 30 mlrd yevro mablağ kelib tuşişini kutmoqda. Uşbu mablağ YEI tomonidan ikki yilga möljallangan 90 mlrd yevrolik kredit dasturi doirasida ajratilişi közda tutilgan.
Zelenskiy mablağlarning ajratilişi tegişli qonun hujjatlari qabul qilinişi bilan boğliq ekanini taʼkidladi. Şu sababli u Ukraina parlamenti, jumladan muxolifat vakillarini ham zarur qarorlarni qabul qilişda faol iştirok etişga çaqirdi.
«Bu 30 milliard hukumatda ham, muxolifatda ham yöq. Ammo bu mablağ butun mamlakat mudofaasi uçun zarur», - dedi Ukraina prezidenti.
Mudofaa byudjetiga 27 mlrd dollar yetişmayapti
Zelenskiyning maʼlum qilişiça, Ukraina Mudofaa vazirligi byudjeti taqçilligi hozirda 27 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Bu 23,1 mlrd yevrodan ziyod mablağga teng.
Uning aytişiça, taqçillikka, jumladan, yilning birinçi yarmida rejalaştirilganidan köproq mablağ sarflangani ham sabab bölgan.
Prezident hisob-kitoblariga köra, Ukraina armiyasini 2027-yil yanvar oyiga tayyorlaş uçun 8–10 mlrd dollar zarur. Yana qariyb 20 mlrd dollar harbiy xizmatçilarga maoş tölaş, halok bölgan harbiylarning oilalariga tölovlarni amalga oşiriş va boşqa mudofaa xarajatlarini qoplaş uçun kerak böladi.
Zelenskiy uşbu masala böyiça Fransiya va Germaniya bilan muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, Ukraina uçun avvaldan közda tutilgan Yevropa mablağlarining ikkinçi qismini ajratişni tezlaştiriş talab etilmoqda.
Kiyevga olti davlat rahbari keldi
Zelenskiyning bayonoti «Şimoliy-Boltiq sakkizligi» (NB8) formatiga kiruvçi olti davlat - Daniya, Latviya, Litva, Norvegiya, Finlandiya va Estoniya rahbarlarining Kiyevga taşrifi bilan bir kunga töğri keldi.












