Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunus şahri şarqida Isroil armiyasi 22 iyul kuni çiqib ketgan joydan 42 nafar falastinlikning jasadi topildi. 

Ğazo hukumati matbuot byurosi direktori Ismoil Sevabite «Anadolu» agentligiga bergan intervyusida Isroil qöşinlari olib çiqib ketilganidan keyin Xon-Yunusning şarqiy hududlaridagi vaziyat haqida ma’lum qildi. 

Sevabite Isroil askarlari Xon-Yunus şarqida joylaşgan hududlardan olib çiqib ketilişi ortidan hududda 42 kişining jasadi topilganini aytdi.

Uning qayd etişiça, mintaqadagi vaziyat juda oğir. Sevabite qidiruv işlari davom etayotganini va qurbonlar soni ortişidan xavotirda ekanini qöşimça qildi.

Direktorning ta’kidlaşiça, Isroil qöşinlari fuqarolarga tegişli turar joy binolari va yordamçi inşootlarni vayron qilgan. Unga köra, Isroilning AQŞ ma’muriyati kömagida uyuştirgan hujumi «töliq harbiy jinoyat»dir.

Sevabite Xon-Yunusning vayron qilinganini, hududdagi yuzlab uylar, umumiy uzunligi 35 kilometrlik köça va xiyobonlar hamda qabristonlar ağdar-töntar qilib ketilganini qöşimça qildi.

Isroil va AQŞni Ğazo sektorida sodir etilgan uruş jinoyatlari uçun javobgar deb hisoblab, u xalqaro hamjamiyatni Isroilga Ğazo sektoriga hujumlarini töxtatiş va qöşinlarini olib çiqib ketiş uçun bosim ötkazişga çaqirdi.

Ğazodagi fuqaro mudofaasi taşkilotining ta’minot va jihozlar bölimi boşliği Muhammad Muğayir mintaqada yöllar yopilganini va infratuzilmaning 90 foizi vayron bölganini ta’kidladi.

Falastinlik rasmiyning aytişiça, fuqarolik mudofaa guruhlari hujumlarda halok bölganlar jasadlarini qidirişni davom ettirmoqda.

Muğayirning ta’kidlaşiça, Isroil armiyasi 22 iyul kuni Xon-Yunusning şarqida hujum boşlaganidan beri 200 ga yaqin qurbonlar haqida xabar olgan.

U Isroil askarlarining yaradorlarga yetib borişiga guruhlarga ruxsat bermagani, bu esa ölimga sabab bölganini eslatib, jasadlar havoning issiqligi va taşişning imkoni yöqligi sababli çirib borayotganini qayd etdi.

«Bu holat asosiy huquqlarning, şuningdek, inson hayotini saqlab qoliş huquqi oçiqdan-oçiq buzilişidir», dedi u.

Isroil armiyasi Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunus şahri şarqiy qismidan qöşinlarini olib çiqmoqda, deydi guvohlar.

Guvohlarning xabar berişiça, Xon-Yunus şarqidagi hududlarda önlab falastinliklarning jasadi topilgan, Isroil armiyasi esa şarqdagi Beni Suhayla şahridagi qabristonni vayron qilgan. 

Isroil qöşinlari Xon-Yunusning şarqiy hududlarini tark etgan bölsa-da, şahar janubi tomon yurişda davom etmoqda.