Adidas boş direktori Born Gulden kelib çiqişi falastinlik bölgan supermodel Bella Xadid iştirokidagi krossovkalar reklamasi uçun uzr söradi. Bloomberğning yozişiça, reklama jamoatçilik örtasida keskin norozilik keltirib çiqargan.
«Adidas boş direktori Bella Xadid iştirokidagi reklama kampaniyasi uçun uzr söraydi… Adidas AG özining SL 72 krossovkasining reklama kampaniyasida xatolikka yöl qöydi va bunday xatoliklardan qoçiş maqsadida öz harakatlarini körib çiqmoqda», — deya yozadi agentlik Guldenning sözlariga tayanib.

Kompaniya boş direktori mazkur voqea sabab uzr söraganidan keyin Adidas «oldinga harakat qilişni» davom ettirişini ta’kidlagan.
Avvalroq modelning özi ham ijtimoiy tarmoqlar orqali reklamadagi iştiroki uçun keçirim sörab çiqqandi, u reklama qilinayotgan oyoq kiyim va 1972 yili Myunxenda bölib ötgan Olimpiada öyinlarida yuz bergan «dahşatli voqealardan» xabari bölmaganini bildirgan.
Undan oldin TMZ portal Xadid Adidas kompaniyasini «ommaviy mas’uliyat yöqligi uçun» sudga bermoqçi ekani haqida yozgandi.
Germaniyaning Berliner Zeitung gazetasi Adidas hamda Xadid hamkorligi doirasida işlangan reklama jamoatçilik orasida keskin norozilikni keltirib çiqarganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, uşbu krossovkalar dastlab 1972 yilda Myunxenda ötkazilgan Olimpiada öyinlari uçun işlab çiqarilgan. Öyinlar davomida 5 sentabr kuni terakt sodir bölgandi: isroillik 11 nafar sportçi falastinliklar tomonidan ötdirilgan.
27 yoşli Bella Xadid — asli falastinlik bölgan, hozirda AQŞda yaşovçi multimillioner Muhammad Xadidning qizi va dunyodagi eng maşhur supermodellardan biri. U bir neça bor ajdodlari falastinliklar ekanidan ğururlanişi haqida gapirgan. Xadid köp yillardan beri Falastin mustaqilligini qöllab-quvvatlaşi haqida ommaviy bayonot berib keladi.







