49 ta nemis kompaniyasi, jumladan, Adidas, Volkswagen, Bosch va BMW 1930 yili Germaniyadagi milliy-sotsialistik rejimga kömaklaşişdagi aybini tan olib, qöşma bayonot imzoladi. Hujjat Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan Frankfurter Allgemeine Zeitung naşri tomonidan e’lon qilindi.
Bayonotda qayd etilişiça, biznesning iştirokisiz Adolf Hitler 1933 yilda hokimiyat tepasiga kelişi imkonsiz bölgan bölardi. Mualliflarga köra, natsistlar tomonidan öşa davrda sodir etilgan jinoyatlar xotirasini saqlaş — biznes zimmasiga ham yuklanadi.
«1933 yil hamda undan keyin köpçilik sukut saqladi va yuz ögirdi. Bu esa bizning mas’uliyatimizni yuzaga keltiradi — ötmiş, hozirgi zamon va kelajak uçun», — deyiladi hujjatda.
Hujjatni imzolaganlar orasida Bayer, BASF, Bosch, Evonik, Siemens, Deutsche Bahn, Volkswagen, Lufthansa i Rheinmetall va Adidas kompaniyalari ham bor.
Avvalroq Tramp 11 noyabr – Amerika milliy faxriylar kuni (Buyuk Britaniyada uni Xotira kuni sifatida nişonlaşadi) Birinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalaba kuni deb özgartirilişini e’lon qilgandi. Tramp buni Qöşma Ştatlarning Germaniya imperiyasi ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasini töğri baholaş zarurati bilan izohlagan. Şunindek, u 8 may sanasini Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalaba kuni deb e’lon qiliş haqida farmoyiş bergan.







