“Özçarmsanoat” uyuşmasi xitoylik investorlar bilan Nike va Adidas brendi ostida krossovkalar işlab çiqariş borasidagi işlar haqida Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Kelgusi yilning mart-aprel oylaridan boşlab Nike va Adidas brendlari ostida sport poyabzallari işlab çiqarilişi boşlanadi. Bu haqda “Özçarmsanoat” uyuşmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lum bölişiça, şu yil oxiriga qadar Xitoydan Özbekistonga ikkita yuk maşinasida kerakli uskunalar yetib keladi. 2022 yilning yanvar oyida texnologiyalarni örnatiş jarayonlari nihoyasiga yetadi.

Loyihaning birinçi bosqiçida yiliga 300 ming juft poyabzal işlab çiqariladi. 2023 yildan boşlab işlab çiqariş hajmi bosqiçma-bosqiç ortadi. Kompaniya Andijon viloyatida işlab çiqariladigan mahsulotlarni Rossiyaga eksport qiliş böyiça dastlabki şartnoma ham imzolagan.

Unga köra kompaniya Rossiyaga 120 ming juft poyabzalni yetkazib beradi.

Uyuşma matbuot xizmatiga köra, mazkur loyiha amalga oşirilişi Rossiya va boşqa davlatlar uçun yangi imkoniyatlarni oçmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham hamkorlik böyiça faol muloqotlar olib borilmoqda. Mazkur brendlar ostida işlab çiqariladigan poyabzallarni Qirğiz Respublikasi, Tojikiston, Qozoğistonga ham yetkazib beriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

Avvalroq, uyuşma poyabzal zavodi Andijon viloyatida işga tuşirilişini ma'lum qilgandi.

Loyiha 2019 yil boşidagi  «Tianjin Zhongzhilihua» kompaniyasi bilan  «SinoInternational»  MÇJ örtasidagi kelişuvga köra amalga oşirilmoqda. Investor xitoylik Fan Rong Xuan hisoblanadi. U bevosita loyiha manbasi hisoblanib, u tomondan 12 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağ ajratilişi közda tutilgan.