2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uçun belgilangan eng baland çakana narxning amal qiliş muddatini uzaytiriş haqidagi qarori qabul qilingandi. 

Maskur qaror bilan 2024 yil 1 iyundan 1 avgustgaça avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 söm qilib belgilangandi. Uşbu muddat tugagani sababli respublikaning turli hududlarida metan narxi 3950 sömdan 4250 sömgaça qimmatlaşgan. 

Ma’lumot uçun, ötgan yil sentabrda qabul qilingan hukumat qarorida 6 oy davomida avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida metan gaz narxi 3250 sömdan oşib ketmasligi belgilangandi. Uşbu davr tugaşi munosabati bilan 1 apreldan bir kub metr uçun maksimal narx 3250 sömdan 3350 sömgaça oşiririlib, imtiyozli davr yana ikki oyga uzaytirilgandi. 1 iyundan esa eng baland narxi 3750 söm etib belgilanib, uning amal qiliş muddati 31 iyulgaça uzaytirilgandi.