Rossiya va Ğarb mamlakatlari örtasidagi almaşuv doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolif siyosatçi Ilya Yaşin öz telegram-kanalida ilk fotoni namoyiş etdi. 

«Tez orada barçasini aytib beraman. Hozirça esa men uçun qayğurgan barçaga rahmat. Barçangizni quçib qolaman!» — degan siyosatçi öz telegram-kanalida.

Fotosuratda Yaşin Navalniyning Barnauldagi ştabi sobiq koordinatori Vadim Ostanin, şuningdek Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi rahbarlari Mariya Pevçix, Leonid Volkov va Ivan Jdanov bilan birga aks etgan.

Köp ötmay Mariya Pevçix Yaşin bilan alohida tuşgan suratini, şuningdek, qamoqdan ozod etilgan yana bir siyosiy mahbus Saşa Skoliçenko bilan suratini e’lon qildi.

  • 1 avgust kuni Rossiya va Ğarb mamlakatlari keng kölamli mahbuslar almaşuvini ötkazdi. Şu kuni rossiyalik siyosiy mahbuslar bölgan samolyot Germaniyaning Kyoln şahridagi aeroportga kelib qöndi.
  • RF hukumati Germaniya va AQŞga Vladimir Kara-Murza, Ilya Yaşin, Oleg Orlov, Andrey Pivovarov, Saşa Skoçilenko, Liliya Çanişeva, Kseniya Fadeyeva, Vadim Ostanin, Kevin Lik, Demur Voronin, German Moyjyes, AQŞ fuqarolari Pol Uilan, Evan Gerşkoviç, Alsu Kurmaşeva, Germaniya fuqarosi Patrik Şebelni topşirgan. Şuningdek, Belarus Germaniya fuqarosi Riko Krigerni qaytargan.