Belaruslik siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova otasi bilan uçraşdi — 2023 yil fevraldan beri u bilan aloqa yöq edi. Uçraşuv suratini Telegramʼdagi Nexta kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç e’lon qildi.
Suratda Kolesnikova otasini quçoqlab, tabassum qilayotganini köriş mumkin.
Protaseviçning postidan kelib çiqadiki, uçraşuv 12 noyabr kuni bölib ötgan. Boşqa tafsilotlar, jumladan, uçraşuv qayerda bölib ötganiga oydinlik kiritilmagan.
«Naşa Niva» naşrining ma’lum qilişiça, Koleskinovaning otasi bilan uçraşuvi qamoqxona kasalxonasida bölib ötgan. Bu haqda jurnalistlarga sobiq siyosiy mahbuslar xabar bergan — ular surat orqali uşbu joyni tanigan.
Kolesnikova qamalganidan mazkur uçraşuvga qadar otasi uni faqat bir marotaba körişga muvaffaq bölgan — 2022 yil oxirida qamoqxona kasalxonasida. Oxirgi marotaba Kolesnikovalar oilasi uning nomidan 2023 yil fevralda maktub olgan. Şundan keyin siyosiy mahbus haqida u bilan bitta koloniyada bölgan va ozodlikka çiqqanlar orqali boxabar bölib turilgan.
Mariya Kolesnikova 2020 yilgi Belarus prezidentligi saylovlarida muxolifatning eng yorqin vakillaridan biri edi. U öşa yilning sentabrida qölga olingan. Bundan oldin Kolesnikovani Belarusdan kuç bilan olib çiqişga urinişgan edi, ammo ayol çegarada öz pasportini yirtib taşlagan. Kud Kolesnikovani «hokimiyatni egallaş»ga uriniş işida aybdor deb topib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etgan.
Oktyabr oyida Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko siyosiy mahbuslar, jumladan, Mariya Kolesnikovaning afv etiş haqidagi iltimoslarini körib çiqişga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. «Bizda qonun bor: kişi öz aybini anglab, (köplab boşqa mamlakatlarda bölgani kabi) keçirim sörab, prezidentga murojaat qilsa, buni körib çiqamiz. Kolesnikova bilan ham şunday», — degan edi Lukaşenko.









