2 avgust, jumaga ötar keçasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning «Vnukovo» aeroportida Ğarb davlatlari bilan mahbuslar almaşinuvi doirasida vataniga qaytgan rossiyaliklarni şaxsan kutib oldi.

Rossiyalik jurnalistlar tomonidan Telegram’da tarqatilgan videoda, xususan, Putinning Germaniyada çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan «FSB» xodimi Vadim Krasikovni (Sokolov) uçraşuvda qanday quçoqlagani körsatilgan. Xanqoşvili 2019 yilda Berlindagi Kiçik Tirgarten boğida öldirilgandi. 

«Interfaks» agentligi xabariga köra, uçiş-qöniş yölagida rossiyaliklarni prezident polkining harbiy xizmatçilari ham kutib olgan. Bundan taşqari, «FSB» rahbari Aleksandr Bortnikov, «SVR» boşliği Sergey Narişkin va mudofaa vaziri Andrey Belousov «Vnukovo»ga yetib keldi.

Davlat mukofotlari va’da qilindi

«Harbiy xizmatga aloqador» sobiq mahbuslarga murojaat qilib, Putin ularga «qasamyod va burçlariga sodiqliklari uçun» minnatdorçilik bildirdi, deb yozadi «Interfaks».

«Hammangiz davlat mukofotlariga taqdim etilasiz, biz sizlarni yana köramiz va kelajagingiz haqida gaplaşamiz», - deya agentlik Vladimir Putin sözlarini keltirdi.

Sloveniyada josuslikda ayblangan Anna Dulsevaga Rossiya prezidenti tomonidan gul sovğa qilindi.

Rossiya Federatsiyasi «FSB» xabariga köra, almaşinuv natijasida NATOning bir qator davlatlarida qamoqqa olingan sakkiz nafar rossiyalik öz vataniga qaytarilgan. Anqaradan «Vnukovo»ga yetib kelgan «Rossiya» aviakompaniyasi samolyoti bortida voyaga yetmagan bolalar ham bölgan.

Mahbuslar almaşinuvida kimlar iştirok etdi?

«Interfaks» agentligi mahbuslar almaşinuvi doirasida öz vataniga qaytgan rossiyaliklarning ismlarini aytib ötdi. «Tirgarten qotili» Vadim Krasikovdan taşqari, bu AQŞda kompyuterni buziş va firibgarlikda ayblanib 9 yilga qamalgan Vladislav Klyuşin; Sloveniyada josuslikda ayblanib 1 yil 7 oyga qamalgan Artem va Anna Dulsevlar; Polşada Rossiya foydasiga josuslikda ayblangan Pavel Rubsov; Norvegiyada Rossiya foydasiga josuslikda ayblangan Mixail Mikuşin; Qöşma Ştatlarda kiberfiribgarlikda ayblanib 27 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Roman Seleznev; AQŞda Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uçun texnologiya va Amerika öq-dorilarini kontrabanda qilişda ayblangan Vadim Konoşçenok.