Afğoniston va Özbekiston örtasidagi çegara suv toşqini tufayli yuvilib ketgan va u qaytadan aniqlanadi. Bu haqda Afğoniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvçi Abdullatif Mansur ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, suv toşqini tufayli noaniq bölgan Afğoniston bilan Tojikiston, Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi çegaralarni belgilaş yangi strategiya böyiça amalga oşiriladi.

Mansurning aytişiça, Afğoniston rahbari körsatmalari asosida tuzilgan reja Içki işlar, Mudofaa vazirligi, Razvedka boş boşqarmasi va Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.

«Tojikiston, Özbekiston va Turkmaniston bilan çegaralarimiz suv toşqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi şundaki, biz ötmiş çegaralarini belgilaş böyiça muhim işlarni amalga oşirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afğoniston rahbari bilan muhokama qildik», dedi u.

Vazir çegaralarni tiklaş böyiça yangi strategiya qanday bölişiga aniqlik kiritmadi.

Şu bilan birga, Mansur Afğonistonning suv boşqaruvi va energiya işlab çiqarişga bölgan ehtiyojini ta’kidlab, bu borada yirik töğonlarni quriş, suv, şamol va quyoş resurslaridan foydalaniş orqali özini özi ta’minlaşga erişişni maqsad qilganini aytdi.

Şuningdek, Afğoniston rasmiysi suv resurslarini boşqariş qöşni davlatlarga zarar keltirmasligini ta’kidladi.

«Bizning heç bir harakatimiz qöşnilarimizga zarar yetkazişga qaratilmagan va biz qöşnilarimizga zarar yetkaziş uçun özimizga tegişli uluşdan köproq suv sarflaganimiz yöq va şunday qiliş niyatimiz ham yöq», dedi Energetika va suv resurslari vazirligining katta maslahatçisi Faruq A’zam.