Miçigan universitetining huquqşunoslik fakulteti tadqiqotçisi Elias Huri Ğazodagi uruşda AQŞning manfaatlari va harbiy mavjudligi borasida tahlillarni taqdim qildi.
«Qariyb 10 oydan buyon Isroil Ğazoda genotsidga olib kelgan uruşni davom ettirmoqda. Uning armiyasi şafqatsiz hujumlari bilan deyarli barça xalqaro gumanitar normalarni buzmoqda. Isroil Ğazoda jon saqlayotganlarni hayotiy elementar narsalar – suv, oziq-ovqat, dori va sanitariya vositalari, elektr energiyasi va yoqilğidan ham mahrum qilmoqda. Fuqarolik obektlariga yönaltirilgan harbiy harakatlar natijasida aholining katta qismi boşpanasiz qolgan.
Isroil oldiga qöygan harbiy maqsadlarning birortasi Ğazoni töliq yakson qiliş – ön minglab aholini öldiriş, universitet, maktab, şifoxona va uylarni yakson qilişni nazarda tutmaydi. Agar, Isroil Ğazoda bombalar oqibatida tekislangan quruq yerni okkupatsiya qilişni xohlamasa.
Isroilning bunday xatti-harakatlarini «temir qöllov» bilan qöllayotgan, uning yaqin ittifoqçisi AQŞ esa qoidalarga asoslangan xalqaro tizimni va özining xalqaro obrösini yöqotmoqda. Köpçilik Isroilning bu harakatlarini Hamasning 7 oktyabrdagi hujumiga javob sifatida baholaydi. Lekin bugunga kelib ular oçiq genotsiddan faxrlanmoqda, Binyamin Netanyahu esa «töliq ğalaba» haqida gapirmoqda», — deydi Huri.
Muallif Netanyahuning uşbu atamasini faşistlar Germaniyasida işlatilgan «yakunlovçi ğalaba» şiori va unga olib boriş uçun qilingan noinsoniy harakatlarga qiyoslagan.
«AQŞ Isroilning eng işonçli ittifoqçisi hisoblansa ham, uruş boşlanguniga qadar ehtiyotkor bölgan hamda Falastin bilan muzokaralarda özini vositaçi, ikki tarafga teng munosabatda körsatib kelişga uringan.
Lekin uruş boşlanişi bilan, Jo Bayden hukumati Isroilni har qadamda töliq qöllaşni boşladi. Aslida, bu jamiyatlar ikki xil va Ğazodagi uruş haqidagi qaraşlari, pozitsiyalari ham oz bölsa-da boşqaçaroq bölişi mumkin-ku?
Yoki Isroil lobbisi bölgan Amerika—Isroil jamoatçilik bilan aloqalar böyiça qömitasi AQŞ taşqi siyosatiga ta’sir ötkazişni boşladimi? Yoki AQŞning özi Ğazodagi uruşdan biror manfaat köryaptimi? Agar Ğazo sohillariga yaqin joydagi gaz konlariga ega çiqmoqçi bölsa, buning uçun uruş emas, muzokaralar ham yetarli bölardi.
Yuqorida sanalganlarning birortasi falastinliklarni genotsid qilayotgan Isroilni qöllaş orqali AQŞning Yaqin Şarqda ham, butun dunyoda ham obrösi tökilişini izohlamaydi.
Agar AQŞning qöllovi Ğazodagi genotsid bilan boğliq bölmasa-çi? Balki AQŞ bu yerda kim asosiy ekanini körsatib qöymoqçidir?»
Sönggi yillarda köplab olimlar va tahlilçilar köp qutbli dunyo haqida gapiryapti va dunyoda AQŞ gegemonligi nihoyasiga yetganini ta’kidlamoqda. Tahlilçi AQŞning bu qöllov orqali öz gegemoniyasini tiklaşga urinmoqda, deb hisoblaydi.
«Bu tahlillar fonida AQŞ Suriya va Ukrainadagi mojarolarda Rossiya bilan munosabatlarda boşi berk köçaga kirib qolgan. Afğonistondan esa qöşinlarini olib çiqib ketişga majbur böldi va “Tolibon” hokimiyatga keldi. Lotin Amerikasi davlatlarida ham vaziyat — AQŞ uçun salbiy tomonga özgarmoqda.
Ayni şu vaqtda esa AQŞning asosiy raqibi Xitoy xalqaro maydonda öz ta’sir doiralarini kuçaytirib bormoqda. Xitoy asosiy rollardan birini öynaydigan BRIKS taşkiloti öz safini Eron, BAA, Misr va Efiopiya hisobiga kengaytirib, BRIKS+ga aylandi. Xitoy 2023 yilda Yamandagi qurolli mojarolarni ham sovitişga yordam berib, Yaqin Şarq geosiyosiy maydonda «debyut» qildi».
Muallifga köra, aynan şu kabi omillar AQŞni dunyoda pasayib borayotgan qudratli davlat mavqeyini tiklab oliş uçun harakat qilişga undagan. Va bunday imkoniyat Ğazoda yuzaga keldi.
«AQŞning harakatlarini aynan şunday tuşuniş kerak. Bölmasa, nima uçun yengil qurollangan Hamasning bir martalik hujumiga javoban AQŞ mintaqada öz harbiy mavjudligini kuçaytirmoqda? Xalqaro gumanitar huquqning eng asosiy prinsiplarini mensimasdan olib borilayotgan uruş – AQŞni heç kim töxtatib qola olmasligini körsatib qöyiş uçundir.
Bunga ba’zi qarşiliklar ham böldi. Masalan, Eron Suriyada yuqori martabali amaldori öldirilişi ortidan havodan Isroilga unçalik katta zarar yetkazmagan raketalar otdi. Eron katta ehtimol bilan bu ssenariyni Hamas siyosiy lideri öldirilişidan söng takrorlaydi.
Liviya hududiga hujumga javoban «Hizbulloh» ham Isroilga hujumlar uyuştirdi.
Qizil dengizda yamanlik husiyçilar esa muhim dengiz yuklarini töxtatdi, Isroil hududiga dronlar va raketalar uçirdi.
Janubiy Afrika Respublikasi Isroilni genotsidda ayblab, unga qarşi BMTning xalqaro sudida iş qözğatdi. Sud dastlabki hukmida da’vogarlar foydasiga hukm çiqardi.
BMTning Yaqin Şarqdagi qoçqinlar işlari böyiça taşkilotini AQŞ moliyalaştirmay qöygaç, Xitoy uni moliyaviy qöllaşini bildirdi. Xitoyliklar yana mustaqil Falastin davlatini tuziş va tan olişga çaqirib, Fath va Hamas taşkilotlari birligi borasida kelişuv tuzişga yordam berdi.
Lekin yuqoridagilarning heç biri AQŞning Isroilga taqdim etayotgan çeksiz resurslari va diplomatik himoyasiga qarşi turiş uçun yetarli bölmayapti.
BRIKS+ning maqsadi Kollektiv Ğarb gegemoniyasiga qarşi turiş edi. Lekin Xitoy öz gegemoniyasiga munosib bölmagan holda faqat diplomatik çaqiriqlar bilan çeklanib qoldi, Rossiya deyarli jim bölsa, Hindiston Isroilni oçiq-oydin qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
BRIKS+ mamlakatlari Ğazodagi genotsidni töxtatiş uçun köproq narsalar qilişi mumkin edi. Lekin ular bunday qilmadi. JAR va Erondan taşqari BRIKS+ davlatlari hozirça vaziyatdan foydalanib qolmayapti. AQŞ taşkilotni «qoğozdagi yölbars», deya tavsiflamoqda. Agar BRIKS+ davlatlari buning aksini isbotlamasa, AQŞ özi xohlagan qudratli gegemoniyasini saqlab qolayotganini bildiradi», deydi huquqşunos.











