Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod va vitse-prezident Kamala Harris vitse-prezident sifatida nomzodi tanlangan Minnesota gubernatori Tim Uols bilan saylovoldi mitingida ilk bor çiqiş qildi. 6 avgust, seşanba kuni Pensilvaniya ştatining Filadelfiya şahrida sözlagan nutqida Uols respublikaçilardan oliy lavozimga nomzod Donald Trampni keskin tanqid qilib, u mamlakatda «tartibsizlik va böliniş» uruğini sepayotganini aytdi. 

«Bizning kampaniyamiz kelajak uçun kuraşdir»

Uning sözlariga köra, Tramp xalqqa xizmat qiliş nimani anglatişini bilmaydi, çunki u öziga xizmat qiliş bilan band. Oq uy rahbari bölgan davrida u iqtisodni tanazzulga olib keldi, dedi Uols 10 000 kişi qarşisida. Bundan taşqari, AQŞda respublikaçilar prezidentligi davrida zöravonlik jinoyatlari köpaydi – Trampning özi sodir etgan jinoyatlarni hisobga olmaganda, deya qöşimça qildi u. 

Şu bilan birga, Uols demokratlar saylovoldi kampaniyasi Donald Trampga qarşi kuraş emasligini ta’kidladi. «Bizning kampaniyamiz kelajak uçun kuraşdir», deb tuşuntirdi u. 

Öz navbatida, Harris u va şerigi asosiy erkinliklar himoyalangan kelajak uçun kuraşayotganini aytdi. U Uols «millatni birlaştirib, uni olğa siljitadigan» yetakçi bölişiga işonç bildirdi. U Minnesota gubernatorini örta sinf uçun kuraşçi, özi kabi Amerika istiqboliga işonadigan vatanparvar deb atadi. 

Harris Uolsni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanladi 

Harris öz tanlovini keça e’lon qildi. «Men Tim Uolsdan özimga nomzod bölişini söraganimni faxr bilan e’lon qilaman», deb yozadi u ijtimoiy tarmoqda. Vitse-prezident AQŞ Harbiy-dengiz observatoriyasi hududidagi qarorgohidagi yakuniy uçraşuvdan söng şunday qarorga keldi. CNN manbalariga köra, Harris va Uols muloqot çoğida özaro tuşunişga erişgan va yakunda qaror uning foydasiga qabul qilingan. Oxirgi bosqiçda Harris Uols va Pensilvaniya gubernatori Joşua Şapiro örtasida tanlov qildi, deya aniqlik kiritdi Reuters.

60 yoşli Tim Uols Qöşma Ştatlar Milliy gvardiyasi (Qurolli kuçlar zaxirasi) faxriysi va sobiq öqituvçi. 2006 yilda u birinçi marta AQŞ Kongressi Vakillar palatasiga saylangan, keyin yana beş marta qayta saylangan. 2019 yildan beri gubernator sifatida Uols maktabda bepul tuşlik, iqlim harakati, örta sinf uçun soliqlarni kamaytiriş va Minnesota xodimlari uçun haq tölanadigan ta’tilni köpaytirişni öz içiga olgan progressiv ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibini ilgari surib kelyapti.