Dam oliş kunlarida Harris Vaşingtonda bir neça nomzodlar bilan suhbat ötkazgan. U asosiy siyosiy janglar keçadigan muhim ştatlarda öz kampaniyasini faollaştirib, yettita şahar böylab beş kunlik tur boşlaganida Tim Uols unga qöşiladi.

CBS tomonidan ötkazilgan sönggi sörovlar körsatişiça, Harris Trampni atigi bir punktga ortda qoldirmoqda. Yakşanba kuni e’lon qilingan boşqa bir sörovga köra, Bayden hali poygadan çiqişni istamaganida respublikaçilar nomzodi beş punktlik ustunlikka ega bölib turgan ştatlarda Tramp va Harrisning imkoniyatlari tenglaşgan.

Demokratik partiya öz nomzodini rasman 19-22 avgust kunlari ötkaziladigan partiya qurultoyida e’lon qilsa-da, Harris allaqaçon, qurultoyni kutmasdan özini partiyaning prezidentlikka nomzodi deb hisoblaş uçun yetarli miqdorda delegatlar (99 foiz) tomonidan qöllovga ega bölgan.

Şerikni tanlaş — uning şaxsiy qarori, bunda qurultoydagi delegatlar ovoz beriş huquqiga ega bölmaydi.

Tim Uols kim özi?

Vitse-prezidentlikka nomzod tanlaş qarori — bu katta ehtimol bilan Kamala Harrisning nomzodini ilgari surişdan keyingi eng muhim qarori edi. Tahlilçilar bu odam azaldan demokratlar ham, respublikaçilar ham yaqqol ustunlikka ega bölmagan ikkilanuvçi ştatlarga mansub va oq tanli kişi bölişini kutayotgandi.

Jo Bayden saylovoldi poygasidan çiqib, Kamala Harrisni qöllab-quvvatlagaç, saylovçilarning alohida toifalari yana demokratlarga işonç bilan qaray boşladi — masalan, 30 yoşgaça bölganlar va lotin amerikaliklarning jamoalari. Ammo şu örinda Harrisning zaif nuqtasi körinib qoldi — Baydenni faolroq qöllagan keksa yoşli saylovçilar.

Vitse-prezidentlikka nomzodlar bir qança edi, ammo u Tim Uolsni — Minnesota gubernatorini tanladi. Bu ştat azaldan demokratlarga moyillik bildirib keladi va saylovlar natijasiga sezilarli ta’sir körsatmaydi, ammo 60 yoşli Uols tanlangani köplab saylovçilarni qoniqtirişi tayin.

Uols — siyosiy muhorabalarda pişgan yetakçi bölib, 2018 yilda Minnesotaga gubernator bölişidan oldin 12 yil davomida Kongressda işlagan. Uning oddiy nutqi va Örta ğarbdagi kiçik şaharçaga mansubligi mustaqil va konservativ saylovçilarni jalb qilişi mumkin.

Uols Nebraskadagi kiçik şaharçada tuğilib ösgan. U Amerikaning taraqqiy etgan hududidagi nufuzli universitetda ta’lim olganiga qaramay, uni mamlakatning qişloq hududlari aholisi «özimizniki» deb qabul qilişadi. U — öqituvçi hamda futbol murabbiyi yordamçisi sifatida tajribaga ega, şuningdek 24 yoşida AQŞ milliy gvardiyasida xizmat qilgan. Sobiq senator Haydi Haytkemp Uols haqida şunday degandi: «U qişloq hududlarda yaşovçi köplab amerikaliklarnikiga juda öxşab ketadigan hayot tajribasiga ega odam».