Özbekiston prezidenti “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga köra, fuqarolar quyidagi köçmas mulklarni öz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy ötkazib olişi mumkin:
- 2018 yil 1 may kunigaça yakka tartibdagi uy-joy qurib özboşimçalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- 2018 yil 1 may kunigaça fuqarolar va taşkilotlar tomonidan hujjatda körsatilgan maydondan ortiqça egallangan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etiş oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- 2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (şahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
- boğdorçilik va uzumçilik şirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
- kiçik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgaça joylaştirilgan tadbirkorlarning yeri;
- davlat orderi bilan xususiylaştirilgan binolar va uylar egallagan yer;
- hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uçastkasi.
Köçmas mulkni qonuniylaştiriş uçun ular quyidagi talablarga javob berişi lozim:
- yer boşqa şaxsga ajratilmagan yoki auksionga çiqarilmagan bölişi;
- yer uçastkasidan foydalanişda nizo mavjud emasligi;
- yer va mol-mulk soliği böyiça qarzdorlik mavjud emasligi;
- muhofaza zonasida, suğoriladigan yerda joylaşmaganligi;
- boş reja talablariga zid emasligi (mavjud bölsa);
- har bir kategoriyaga xos boşqa şartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, şirkat a’zosi hisoblanişi va boşqalar).
Qonunga köra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgaça beriladi:
- 1998 yil 1 iyulgaça egallangan bölsa – 0,24 gektargaça;
- 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 may kuniga qadar egallangan bölsa – Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oşmagan hajmda.








