Toşkent viloyatida xalq deputatlari Toşkent tumani kengaşining sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi.

Tuman hokimi vazifasida işlab kelayotgan Odil Rustamov yöl qöygan bir qator kamçiliklari uçun lavozimidan ozod qilingan edi. Zoyir Mirzayev Toşkent tumani hokimi lavozimiga Sardor Ergaşev nomzodini tavsiya qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan sözga çiqqanlar, tumanda vaziyatni yaxşilaş böyiça öz taklif va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari Toşkent tumani kengaşining qarori bilan Sardor Ergaşev Toşkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U 1986 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti - oliy, 2011 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023 yilda Toşkent arxitektura-quriliş universitetlarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toşkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği hamda prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.

Ma’lumot uçun, joriy yilning iyul oyi örtalarida Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy ösiş sur’atlari böyiça videoselektor yiğilişi davomida 9 ta tuman va bir şahar hokimi işdan olingandi.

Xususan, Qoraözak, Taxiatoş, Uçquduq, Toşkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Ğozğon şahri hokimlari lavozimidan olingan, 28 ta tuman-şahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo çoralari körilgan.