Voqea 27 iyul kuni soat taxminan 13:10 larda, 4R10 “Çorboq suv ombori halqa yöli” avtoyölining 14-kilometrida röy bergan.

Toşkent viloyati YHXBga köra, “Damas” haydovçisi Z.M. (1999 y.t., Yangiyöl tumanida yaşaydi) yölni çap tomonidan öng tomoniga yugurib ötayotgan piyodani (2018 y.t., Çinoz tumanida yaşaydi) urib yuborgan.

Natijada bola turli tan jarohatlari olib, tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.

Holat videosidan körinişiça, 6 yoşli bola yöl çetida töxtagan Cobalt avtomobilidan tuşib kelgan. Avtomobildan avvaliga erkak haydovçi tuşib, maşina içidagilarga “tuşma, tuşma!” deb aytgan, keyin özi yöldan ötgan, uning ortidan bir bola yugurib ötgan. Uning ortidan yugurgan, yoşi biroz kiçikroq ikkinçi bolani esa Damas urib ketgan.

Hozirda Böstonliq tumani IIB suriştiruv işlarini olib bormoqda.

Foto: Toşkent viloyati IIBB YHXB