Amerikalik qöşiqçi Teylor Svift noyabrda ötkaziladigan prezidentlik saylovlarida Kamala Harrisga ovoz berişini ma’lum qildi.

U Harris va respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp örtasidagi debat yakunlanişi ortidan şunday bayonot berdi.
«Men 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida öz ovozimni Kamala Harris va Tim Uolzga beraman», — deya yozgan u instagramda va Harrisni iqtidorli yetakçi deb atagan.
«Men işonamanki, agar bizni tartibsizlik emas, xotirjamlik boşqarsa, köproq narsaga erişişimiz mumkin», — deya qöşimça qilgan qöşiqçi.
U bunday oçiq bayonot beriş qaroriga kelişiga Donald Tramp e’lon qilgan, sun’iy intellekt orqali yasalgan fotosurat turtki bölganini aytgan. Unda Svift göyoki respublikaçilarni qöllaşi körsatilgandi.
«Bu menda AI (sun’iy intellekt) hamda dezinformatsiya tarqalişi xavfi böyiça qörquvni oşirdi. Natijada bu saylovlar borasida haqiqiy rejalarimni oşkor etişim kerak degan xulosaga keldim», — deya yozgan u.
U postga muşuk bilan tuşgan fotosuratini ilova qilgan va uning ostiga «farzandsiz muşuk bekasi» deb yozgan, u bu orqali respublikaçilar vitse-prezidenti Jjyey Di Vensning sözlariga işora qilgan.
Vens 2021 yilgi videosi tufayli tanqidga uçragandi, öşanda u bir qator nufuzli demokratlar, jumladan Harrisni «baxtsiz hayot keçiruvçi, farzandsiz muşuk bekalari» deb atagandi.
Svift — Harrisni qöllaşini oçiq e’lon qilgan taniqli şaxslarning navbatdagisi böldi. Bunga qadar qöşiqçilar Jon Ledjyend va Oliviya Rodrigo, aktyor Jorj Kluni va rejissyor Spayk Li demokratlar nomzodini qöllab çiqqandi.
Sobiq restler Halk Hogan, teleyulduz Ember Rouz va milliarder Ilon Mask esa Donald Trampga ovoz berişini ma’lum qilgan.
Bu Teylor Svift ilk bor Demokratik partiya nomzodini qöllaşi emas. 2018 yilda u kongress uçun oraliq saylovlarda Demokratik partiyani qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan









