Jo Bayden prezidentlik poygasidan çiqiş töğrisidagi qaroridan keyingi ilk intervyusida aytişiça, Demokratik partiya özining asosiy vazifasini bajarişiga xalal bermaslik uçun saylovdan nomzodini olişga qaror qilgan. Uning fikriça, bu vazifa — Donald Trampni yengiş va AQŞda demokratiyani saqlab qoliş edi.

Prezident Bayden bilan intervyu yakşanba kuni Amerikaning CBS telekompaniyasi ertalabki dasturi efirida namoyiş etildi.

«Sörovlar körsatdiki, biz tengma-teng ketayotgandik, kuraş oxirgi pallagaça davom etgan bölardi, — degan Bayden. — Ammo, Vakillar palatasi va Senatdagi köplab demokrat hamkasblarim poygada ularga zarar yetkazişim haqida öyladilar. Özim ham poygada qolişim uning mavzusiga aylanişidan xavotirda edim. Bu [Kongress kampaniyasiga soya soladigan] masala bölardi. Siz mendan „nima uçun Nensi Pelosi şunday dedi“, „nima uçun unday böldi“ deb sörab, intervyu olgan bölardingiz. Va men bu odamlarni çalğitadi deb qaror qildim. Bu birinçisi».

Baydenning sözlariga köra, ikkinçi mulohaza şunda ediki, u birinçi muddatining boşidayoq «ötiş davri prezidenti» böliş va estafetani keyingi avlod vakili bölgan kimgadir topşiraman deb öylagan.

«Men uçun eng muhim vazifa oldingidek — va men hazillaşmayapman — demokratiyani saqlab qoliş, — deya davom etgan Bayden. — Şunday qilib, prezident böliş katta şaraf bölsa ham, men mamlakat oldida burçim borligiga işonaman — qiliş mumkin bölgan eng muhim işni qiliş, bu muhim iş esa — biz Trampni mağlub etişimiz şart, şart, şart!»

Jo Bayden 24 iyul kuni, prezidentlik poygasidan çiqiş haqda e’lon qilgan millatga murojaati vaqtida ham demokratiyani qutqariş zarurati haqida gapirgandi.

Noyabr oyida 82 yoşda böladigan Jo Bayden CBS uçun intervyusida «qançalik qari ekanini ham ayta olmasligi»ni bildirgan, şu bilan birga, öz holatini mutlaqo normal deb baholaşini ta’kidlagan.

Iyun oyida Trampga qarşi keçgan debat (şundan keyin Demokratik partiyaning köplab yetakçi arboblari Baydenni saylovda iştirok etiş fikridan qaytara boşlagandi) borasida prezident u öşanda şunçaki qattiq toliqqani va qolaversa kasal bölib qolgani haqidagi gapini takrorlagan.

Bayden CBS jurnalistiga Respublikaçi partiyaning nomzodi aytayotgan gaplar Tramp ğalaba qozongan taqdirda AQŞda demokratiya taqdiridan jiddiy xavotir olişga majbur qilişini ta’kidlagan.

U Tramp 2021 yil 6 yanvarida Kapitoliyni şturm qilganlarning barçasini qamoqxonalardan çiqarib yubormoqçi ekanini eslatgan.