Parij Olimpiadasining oltin medali, şubhasiz, zamonaviy öyinlar tarixidagi eng qimmatli medaldir, birinçi navbatda, oltinning rekord darajadagi yuqori bahosi tufayli, deb yozdi Forbes.
Umrining katta qismini şunday maqsad yölida ötkazgan sportçi uçun oltin medalning qadrini ölçab bölmaydi. Ammo oltin, kumuş va bronza medallari uçun işlatiladigan materiallar qiymatini ölçaş mumkin. 2024 yilgi Olimpiada oltin medali narxi 24 iyul holatiga köra, oltin, kumuş va temirning spot bahosi va medal uçun foydalanilgan uşbu materiallar miqdoridan kelib çiqqan holda taxminan 950 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Bu, ehtimol, zamonaviy öyinlar tarixidagi har qanday oltin medalning eng yuqori qiymati bölişi mumkin, birinçi navbatda, oltinning rekord darajadagi yuqori bahosi bilan boğliq. Bu 2012 yilgi London Olimpiadasida örnatilgan 708 dollarlik rekordni ortda qoldirdi. Ammo şuni ta’kidlaş kerakki, avvalgi barça oltin medallarning qiymati oltinning rekord bahosi asosida keskin oşgan.
Barça medallarning diametri 85 millimetr va qalinligi 9,2 millimetrga teng. Olimpiada oltin medalining oğirligi 529 gramm, medalning 95,4 foizdan ortiği aslida kumuşdan (505 gramm) iborat. Medal uçun qoplama vazifasini bajaradigan sof oltin 6 grammga, temir esa 18 grammga teng. Agar oltin medal sof oltindan yasalganda, uning qiymati 41 ming dollardan oşib ketgan bölar edi. Şu tufayli, sof oltin medallar oxirgi marta 1912 yilda London olimpiadasida berilgan.
Kumuş medalning vazni 525 gramm, şundan 507 gramm kumuş va 18 gramm temirdan iborat. Uning qiymati kumuş va temirning 24 iyuldagi spot narxiga asoslanib, taxminan 486 dollarni taşkil qiladi.
Bronza medalining oğirligi 455 gramm bölib, 415,15 gramm mis, 21,85 gramm rux va 18 gramm temirdan iborat. Uning narxi taxminan 13 dollarni taşkil qiladi.
Odatda Olimpiya medallarini tayyorlaş uçun temir işlatilmaydi, ammo bu oddiy temir emas. U Parij va Fransiyaning umume’tirof etilgan ramzi bölgan Eyfel minorasidan olingan.
Metall yodgorlikning ötgan asrda liftni modernizatsiya qiliş uçun olib taşlangan qismlaridan yasalgan. Metall Fransiyaning şarqiy qismidagi Pompey şahri temirçilik ustaxonalarida «tozalangan». Olimpiada rasmiy veb-saytiga köra, quyma temirdan ortiqça uglerod çiqarilgandan söng, qolgan temir «deyarli toza va juda mustahkam».
Olimpiya medalining içki qiymatini aniqlaşda dizayn odatda narxga kiritilmaydi. Biroq, uşbu dizayn medallar narxini yanada oşirişi mumkin, çunki ular maşhur Chaumet zargarlik uyi tomonidan işlab çiqilgan. Uşbu kompaniya tarixda britaniya va fransuz qirollari uçun zargarlik buyumlarini işlab çiqişi bilan nom qozongan.









