AQŞning “Atlanta Yunayted» klubi özbekistonlik hujumçi Eldor Şomurodovning transferi borasida “Roma” bilan muzokaralarni boşladi. Bu haqda xabar bergan italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoga köra, muzokaralar “yaxşi davom etmoqda”.

Avvalroq, Rim klubi yangi mavsumda ham Şomurodovni ijaraga bermoqçi ekani haqida xabar qilingandi.

29 yoşli futbolçi ötgan mavsumni “Kalyari”da ijarada ötkazib, A Seriyada 22 ta öyinda 3 ta gol urgan.

Ma’lumot uçun, “Atlanta Yunayted” MLS Şarqiy konferensiyasida 25 öyinda 28 oçko töplab, 9-örinda bormoqda. Jamoa avvalroq “Atalanta”dan yarimhimoyaçi Aleksey Mirançukni sotib olgandi.